Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Shoh Ismoil Xatoiyning ona tilidagi “Devon”ining Toshkent nusxasi nashrining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan VIII Xalqaro Boku kitob ko‘rgazmasi doirasida buyuk Ozarbayjon hukmdori, buyuk shoir Shoh Ismoil Xatoiyning ona tilidagi “Devon”nining Toshkent nusxasi asosida yaratilgan nashrning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ta'kidlash kerakki, tadbirda olimlar, adabiyotshunoslar, ko‘rgazma mehmonlari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov kirish so‘zi bilan ochar ekan, ushbu nashr Ozarbayjon adabiyotiga juda katta tuxfa ekanligini ta'kidladi. Uning ta'kidlashicha, buyuk sarkarda-shoir tavalludining 535 yilligiga tayyorlangan ushbu nashr 2019 yildan boshlab Ozarbayjon Madaniyat Markazining O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan Ozarbayjonga doir qo‘lyozmalarni o‘rganish va tadqiqoti asosida yaratilganganligini bildirdi. Samir Abbasov shoh Ismoil Xatoiy Ozarbayjon davlatchiligi tarixida katta o‘rin tutishi bilan birga, mumtoz adabiyotimiz rivojida, ona tilimizni davlat tili darajasiga olib chiqishda ham katta rol o‘ynaganini ta'kidladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat Vazirligi Kitob sanoati bo‘limi boshlig‘i, Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Akif Marifli bu masalaga tarixiy nuqtai nazardan yondashib, Shoh Ismoil Xatoiyning Ozarbayjon davlatchiligi tarixidagi xizmatlari haqida gapirib, Xatoiy "Devon"ining Toshkent nusxasi"ning nashr etilishi madaniyatimiz, adabiyotimiz, san'atimizni ommalashtirish, shuningdek, boy merosimizni,qadriyatlarimizni kelajak avlodga yetkazish va targ‘ib qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan OMFA vitse-Prezidenti, Milliy Majlis a'zosi, akademik Isa Habibbeyli Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan nashr etilgan ushbu asarning adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan ahamiyati katta ekanligini ta'kidlab, asarning go‘zalligi, qadimiyligi bilan bir qatorda, uning Ozarbayjon kitobining eng chiroyli,noyob namunasi ekanligi nuqtai nazardan juda qimmatli manba ekanligini ta'kidladi. Aeademik, kitobga so‘zboshi yozgan Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri Anar Kerimovning so‘zlaridan iqtibos keltirar ekan, Ozarbayjon xalqining shonli davlatchilik tarixi, boy madaniyati, san'ati, adabiyoti butun jahon adabiyotiga o‘z ta'sirini o‘tkaza olishini ta'kidlab, Xatoiyning ijodi ushbu qiymatlarda katta vaznga ega ekanligini aytib o‘tdi.

So‘zga chiqqanlar Nasimiy nomidagi Tilshunoslik Instituti direktori,professor Nodir Mammadli, tadqiqotchi olim professor Nizomiy Tag‘isoy, o‘zbek shoirasi, "Kitob dunyosi" gazetasi bosh muharriri Hosiyat Rustam va boshqalar Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi tarixiy do‘stona munosabatlar, madaniy va adabiy aloqalar haqida so‘zlab, ushbu nashrning Xatoiy merosini o‘rganishga katta hissa qo‘shishini ta'kidladilar.

Nashrning tuzuvchisi, filologiya fanlari doktori Karimulla Mammadzoda Xatoiy qo‘lyozmalari ichidan maxsus tanlangan "Devon"ning Toshkentdagi nusxasini nashr etish Ozarbayjon adabiyotshunosligi uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi va nashrni yaratishda qo‘llab-quvvatlagani uchun Ozarbayjon Madaniyat Markaziga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Qayd etish kerakki, yangi chop etilgan "Shoh Ismoil Xatoiy"ning ona tilidagi " Devon"ining Toshkent nusxasi"nomli nashrining keng taqdimotini Boku va Toshkent shaharlarida o‘tkazish rejalashtirilgan.

07.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint