Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Xo‘p-xo‘pnoma”ning o‘zbekcha nashrining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot instituti hamkorligida Mirzo Alakbarning O‘zbekistonda chop etilgan “Xo‘p-xo‘pnoma”sining taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot Boku Ekspo markazida 8-Boku Xalqaro Kitob ko‘rgazmasi doirasida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov ushbu nashr Markaz tomonidan O‘zbekistonning barcha kutubxonalari, universitetlari, ilmiy-tadqiqot muassasalariga hadya qilinishini ta'kidladi.

Tadbirda OMFA vitse-Prezidenti, adabiyot instituti Bosh direktori Isa Habibbeyli ikki mamlakat o‘rtasidagi adabiy va madaniy aloqalar haqida so‘zlab berdi: "So‘nggi yillarda Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlari yangi bosqichda rivojlanmoqda. Ozarbayjon-o‘zbek adabiy aloqalarining rivojlanishiga O‘zbekistonning mamlakatimizdagi va Ozarbayjon Respublikasidagi elchixonalari hamda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi katta ko‘mak bermoqda. Samir Abbasovning tashabbusi tufayli Ozarbayjon adabiyotining yuzdan ortiq namunalari o‘zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. Yaqinda nashr etilgan asarlardan biri Mirzo Alakbar Sobirning "Xo‘p-xo‘pnoma"si, shuningdek, Shoh Ismoil Xatoiyning ona tilidagi "Devon"ining Toshkent nusxasi“dir.

Tadbirda O‘zbekistonning Termiz Davlat Universiteti prorektori, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutining doktoranti Obidjon Shofiyev, o‘zbek shoirasi, "Kitob dunyosi" gazetasi bosh muharriri Xosiyat Rustam va Nasimiy nomidagi Tilshunoslik instituti Bosh direktori, professor Nodir Mammadli, filologiya fanlari doktori, professor Ismoil Mammadlilar o‘z chiqishlarida nashrning ahamiyati haqida gapirib o‘tdilar.

08.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint