Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Zangеzur haqida ilk marotaba xorijiy muallifning asari taqdim etildi.


8 - Boku xalqaro kitob ko‘rgazmasida o‘zbek muallifi Shuhrat Salomovning “Zangazur-turkiy dunyo darvozasi” nomli kitobi taqdim etildi.

Qayd etish kerakki, ushbu kitobning nashr etilishi O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Shuhrat Salоmovning Armaniston-Ozarbayjon, Tog‘li Qorabog‘ mojarosi, arman dashnoqlarini mintaqada, shu jumladan Turkistonda bosib olish va genotsid qilish siyosati bo‘yicha olib borgan tadqiqotlari haqida so‘zlab, uning ushbu sohadagi xizmatlari va ilmiy- jurnalistik faoliyati haqida aytib o‘tdi.. S. Abbasov tarixchi-olim Shuhrat Salomovning ushbu mavzu bo‘yicha o‘nlab nashrlarning muallifi ekanligini ta'kidlab, "Zangezur-Turkiy dunyoning darvozasi" nomli nashr juda muhim va ile bor xorijiy muallif tomonidan ob'ektiv ravishda o‘tkazilgan tadqiqot natijasida tayyorlanganligini ta'kidladi.

S. Abbasov o‘z so‘zini Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning Zangezur yo‘lagining ochilishi to‘g‘risida so‘zlagan nutqidan iqtibos, "Zangezur yo‘lagi allaqachon haqiqat bo‘lib, bu yo‘lakning yaratilishi bizning milliy, tarixiy va kelajak manfaatlarimizga to‘la javob beradi.”-degan so'zi bilan yakunladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat Vazirligi Kitob sanoati bo‘limi boshlig‘i, Tarix fanlari doktori Akif Marifli Zangezur viloyati tarixiy Ozarbayjon zamini ekanligini ta'kidlab, bugungi kunda ham Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon Respublikasi,mintaqa davlatlari, Turkiy dunyo,shuningdek Yevropa va Osiyo o‘rtasida juda muhim transport va aloqa ko‘prigi ekanligini ta'kidladi.

Ozarbayjon Ombudsmanining Zangezurdagi xodimi,asli Zangezurdan bo‘lgan Ozoda Navro‘zova so‘zga chiqib, armanlar tomonidan Ozarbayjonning tarixiy tuproqlari bo‘lgan Zangezurda olib borilgan etnik tozalash siyosati, milliy va madaniy merosimizni yo‘q qilish, soxtalashtirish, vatandoshlarimizni o‘z yurtlaridan deportatsiya qilish bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va ushbu tadqiqot ishi qayd etilgan voqealar tarixini yoritadigan muhim manba bo‘lishini ta'kidladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan asar muallifi Shuxrat Salomov nashrning mutaxassis, tarixchilar va keng o‘quvchilar uchun mo‘ljallanganligini va kitobda Janubiy Kavkaz xalqlari taqdirida sodir bo‘lgan fojiali tarixiy voqealar tasviridagi noyob siyosiy jarayonlar batafsil tahlil qilinganligini ta'kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, fidokorona qahramonlik va jasorat bilan erishilgan buyuk g‘alabaning natijasi bo‘lgan uch tomonlama Deklaratsiya nafaqat harbiy harakatlarni to‘xtatish uchun, balki Janubiy Kavkazda Armanistonning deyarli 30 yil davomidagi bosib olish siyosati natijasida mintaqada cheklangan iqtisodiy va transport aloqalarini tiklash va rivojlantirish,ushbu yo‘nalishdagi global loyihalari amalnga oshirish uchun huquqiy asos yaratdi.

Muallif adolatni tiklovchi Zangezur yo‘lagining ochilishi nafaqat Ozarbayjonda, balki butun Turkiy dunyoda yangi bosqichning boshlanishi deb hisoblanishini ta'kidlab, uning Yevropa va Osiyoni bog‘lovchi asosiy yo‘nalish, Turkiy dunyo o‘rtasidagi ko‘prik bo‘lishiga ishonch bildirdi.

09.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint