Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Bokuda o‘tkazilgan VIII Xalqaro Kitob Ko‘rgazmasi doirasida istiqlol shoiri Ahmad Javod she'rlarining o‘zbek va ozarbayjon tillaridagi nashrining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Bokuda o‘tkazilgan VIII Xalqaro Kitob Ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida istiqlol shoiri Ahmad Javod she'rlarining o‘zbek va ozarbayjon tillaridagi nashrining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Taqdimot Boku Ekspo Markazining taqdimot zonasida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda olimlar, adabiyot ixlosmandlari, ko‘rgazma mehmonlari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov kirish so‘zi bilan ochar ekan, milliy madaniyatimiz va adabiyotimizga oid asarlarning o‘zbek tiliga tarjimasi qardosh o‘zbek kitobxonlari, adabiyot ixlosmandlari, tadqiqotchilarga o‘z ona tilida o‘qish imkonini berayotganini ta'kidladi. Samir Abbasovning ta'kidlashicha, so‘nggi yillarda bu yo‘nalishda juda ko‘p ishlar amalga oshirilgan va Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida o‘zbek tilida 100 dan ortiq nashrlar chop etilgan. Buyuk shoir Ahmad Javod asarlaridan iborat "Men haqiqat ovoziman" nomli kitobni O‘zbekistonda o‘zbek va ozarbayjon tillarida nashr etishning ahamiyati haqida gapirar ekan, ushbu nashr o‘zbek she'riyati ixlosmandlari, adabiyotshunoslari uchun Ozarbayjon adabiyotini yanada yaqindan o‘rganish va kashf etish uchun bir manba, shuningdek, istiqlol shoiri tavalludining 130 yilligiga bir tuhfa eeanligini ta'kidladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Ozarbayjon Milliy Majlisi deputati, xizmat ko'rsatgan fan arbobi, akademik Nizomiy Jafarov Ozarbayjon adabiyotida alohida o‘rin tutuvchi Ahmad Javodning ijodi haqida so‘z yuritar ekan, shoir asarlarining nashr etilishi ayniqsa, boshqa tilga tarjima qilinib, nashr etilishi va bunday nufuzli ko‘rgazma doirasida taqdimot marosimining o‘tkazilishi Ozarbayjon adabiyotshunosligi uchun muhim voqea ekanligini ta'kidladi.

Tadbirda Ozarbayjon Madaniyat Vazirligi kitob sanoati bo‘limi boshlig‘i Akif Marifli so‘zga chiqib, Ahmad Javodning yubileyi munosabati bilan davlatimiz va vazirlik tomonidan o‘tkazilgan qator tadbirlar haqida so‘z yuritar ekan, Madaniyat Markazi tomonidan chop etilgan kitob ham tadbirlarning bir qismi ekanini ta'kidladi.

Tadbirda so‘z olgan shoirning evarasi Javod Oxundzoda, shuningdek, bobosi Ahmad Javodga nisbatan ko‘rsatilayotgan e'tibor uchun o‘zi va oilasi nomidan Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat Vazirligi, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga minnatdorlik bildirdi.

Ahmad Javodning she'rlarini turk tiliga tarjima qilgan turkiyalik mehmon, shoir-tarjimon Kanan Charboga ham Ahmad Javodning ijodi haqida gapirib, uning asarlari nafaqat Ozarbayjon adabiyotshunosligi, balki turk adabiyotshunosligi uchun ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidladi.

Tadbir so‘ngida chiqish qilgan Samir Abbasov Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat Vazirligiga va tadbir ishtirokchilariga minnatdorchilik bildirdi.

Qayd etish kerakki, ushbu nashr Ozarbayjon va O‘zbekiston kutubxonalariga bepul tarqatiladi.

13.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint