Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari”ga start berilgan kunlari Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist Kaykeb Aliyevaning byusti ochildi.


O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlariga start berilgan kunlari Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist Kaykeb Aliyeva byustining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining xabar berishicha, ochilish marosimida Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo‘mitasi raisi Ganira Pashayeva, Bokudan kelgan boshqa mehmonlar, O‘zbekiston adabiyoti, madaniyati va san'ati namoyandalari, universitet professor-o‘qituvchilari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarida ishtirok etgan delegatsiya va tadbir ishtirokchilari Ozarbayjon Madaniyat Markazi oldidagi Buyuk rahbar Haydar Aliyev va shahidlar yodgorlik majmuasini ziyorat qildilar.

So‘ngra tadbir ishtirokchilariga Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist Kaykeb Aliyevaning hayoti va ijodi haqida tayyorlangan videofilm namoyish etildi.

Qayd etish kerakki, o‘tgan yili Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbekiston Respublikasining Do‘stlik ordeni laureati Kaykeb Aliyevaning vafotidan keyin u rahbarlik qilgan "Ozarbayjon qizlari" raqs ansambliga mashhur raqqosaning nomi berildi.

S. Abbasov Kaykeb Aliyevaning hayoti va faoliyati haqida ma'lumot berib, Kaykeb Aliyeva 1989 yildan beri O‘zbekistonda Ozarbayjon raqslarini targ‘ib qilib kelayotganini va u tomonidan yaratilgan va Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshida faoliyat yuritayotgan Ozarbayjon qizlari raqs ansambli O‘zbekiston madaniy hayotida faol ishtirok etayotganini ta'kidladi. Kaykeb Aliyeva ansambl bilan birga Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan tashkil etilgan raqs to‘garagida yuzlab o‘smir yoshlarga raqs san'ati sirlarini o‘rgatdi.

S. Abbasov Ozarbayjon va O‘zbekiston davlatlari Kaykeb Aliyeva ijodiga doimo alohida e'tibor qaratganini, mamlakatlarimiz rahbarlari tomonidan Kaykeb Aliyevaga Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni berilganini, O‘zbekiston Respublikasining "Do‘stlik", "Shuhrat" va "Mustaqillik" ordenlari bilan taqdirlanganini ta'kidladi.

O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati Ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov Kaykeb Aliyeva ijodi haqida gapirar ekan, tinimsiz faoliyati natijasida O‘zbekistonda Ozarbayjon raqslari taqdim etilgani, targ‘ib etilgani va sevilganini ta'kidladi. Erkin Nuriddinov Kaykeb Aliyeva "Mehrjon" Vasiylik Kengashi hamraisi sifatida O‘zbekistondagi Mehribonlik uylari va maktab-internatlar tadbirlarida faol ishtirok etganini, ularga doimiy homiylik qilganligini ta'kidlab, bu ish unga respublika miqyosida hurmat qozonishga sabab bo‘lganini gapirib o‘tdi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo‘mitasi raisi,deputat Ganira Pashayeva Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlik va madaniy aloqalar haqida gapirar ekan, Prezident Ilhom Aliyevning joriy yil iyun oyida O‘zbekistonga tashrifi ikki mamlakat hamkorligida yangi sahifa ochganini ta'kidladi. Ganira Pashayev

a 1997 yilda Ozarbayjon Prezidenti Haydar Aliyev O‘zbekistonga tashrif chog‘ida, Kaykeb Aliyevaning "Bulbullar" deb nomlangan raqs ansambli ijrosini ko‘rgach, ularni Ozarbayjonga gastrol safariga taklif qilganini ta'kidladi.

Deputat Kaykeb Aliyevaning do‘stona munosabatlarimizni rivojlantirish, raqs san'atini O‘zbekistonda targ‘ib qilishdagi alohida xizmatlarini ta'kidladi va u boshchiligidagi ansamblning Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari tadbirlaridagi yuqori darajadagi chiqishlarini esladi.

Ganira Pashayeva Ozarbayjon davlatining Kaykeb Aliyeva ijodiga bergan bahosi haqida gapirib, 2010 yilda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Farmoni bilan O‘zbekistonda madaniyatimizni targ‘ib qilish sohasidagi xizmatlari uchun Kaykeb Aliyeva Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga sazovor bo‘lganini ta'kidladi.

Deputatning aytishicha, joriy yil boshida uning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan Kaykeb Aliyevaning barelefi u yashagan uy binosiga o‘rnatilgan edi.

So‘ngra Kaykeb Aliyevaning byusti ustidagi oq yopinchiq tortildi. Byust Ozarbayjon Madaniyat Markazining buyurtmasi bilan O‘zbekiston Xalq artisti Mariya Borodinova tomonidan tayyorlangan.

17.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint