Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistondagi Navoiy Davlat Pedagogika institutida o‘zbek tilida nashr etilgan “Qorabog‘dan chiqayotgan quyosh: Xurshidbonu Natavon” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan ikki mamlakat Madaniyat vazirliklari, Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo‘mitasi va Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” doirasida o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan “Qorabog‘dan chiqayotgan quyosh: Xurshidbanu Natavon” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining xabar berishicha, tadbirda deputat Ganira Pashayeva, Bokudan kelgan boshqa mehmonlar, O‘zbekiston adabiyoti, madaniyati va san'ati namoyandalari, universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Mehmonlar, avvalo, institutda faoliyat ko‘rsatayotgan "Qatag‘on qurbonlari muzeyi" bilan tanishdilar.

Shuni ta'kidlash kerakki, muzey kollektsiyasida 2000 ga yaqin eksponatlar, shu jumladan kitoblar, asl arxiv hujjatlari, qatag‘on qilingan vatandoshlarning ma'lumotlari, fotosuratlari va boshqa ko‘plab eksponatlar mavjud. To‘qqizta ko‘rgazma zalida namoyish etilgan materiallar tarixiy, ilmiy, amaliy va ma'naviy jihatdan o‘ziga xos bo‘lib, eksponatlar mamlakatimiz tarixining qariyb 150 yillik davri haqida hikoya qiladi.

Shundan so‘ng institutning anjumanlar zalida "Qorabog‘dan chiqayotgan Quyosh: Xurshidbanu Natavon" kitobining taqdimoti boshlandi.

Qayd etish kerakki, deputat Ganira Pashayeva hammuallifligidagi "Qorabog‘dan chiqayotgan Quyosh: Xurshidbanu Natavon" kitobida shoiraning she'rlari ham kiritilgan.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Navoiy Davlat Pedagogika Instituti prorektori Ilhom Nasriddinov mehmonlarni qutlar ekan, o‘zbek va ozarbayjon xalqlari o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari tarixi haqida so‘zlab berdi, xalqlarimizning kelib chiqishi, tili, dini, madaniyati yaqinligi, davlatlarimiz o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning yuksak darajasi qayd etildi.

Adabiy aloqalarimiz haqida so‘z yuritar ekan, Ozarbayjonning Qorabog‘ o‘lkasidan bo‘lgan mashhur shoira Xurshidbonu Natavonga bag‘ishlangan tadbirda shoiraning o‘zbek tilidagi she'riy kitobi nashr etilganini yuqori baholab, bu o‘zbek kitobxonlariga ajoyib tuhfa ekanini ta'kidladi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan 2022 yil Shusha yili deb e'lon qilinganligini va shu munosabat bilan Ozarbayjonda, shuningdek, dunyo bo‘yicha bu borada ko‘plab tadbirlar va loyihalar amalga oshirilganligini ta'kidladi. U madaniyat poytaxtimiz bo‘lgan Shusha Ozarbayjon madaniyatiga ko‘plab shoirlar, musiqachilar, taniqli shaxslarni yetkazib berganligini, bu yerda shoirlarning uchrashuvlari va musiqa festivallari o‘tkazilayotganini ta'kidladi. Samir Abbasov Vatan urushi va qariyb 30 yil davomida arman istilosi ostida bo‘lgan Shushaga yetkazilgan zarar, shaharning,shuningdek tarixiy yodgorliklarning vayron qilinganligi haqida so‘z yuritdi.

Pedagogika Institutining Tarix fakulteti dekani, Qatag‘on qurbonlari muzeyi direktori Xurshid Qurbonov Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar, buyuk Ipak yo‘lida joylashgan xalqlarimiz do‘stligi va hamkorligi haqida so‘z yuritar ekan, Turk Vatani, Ozarbayjonning qadimiy mintaqasi Qorabog‘ni ishg‘oldan ozod etilganini va Shusha shahrining Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e'lon etilishi tarixiy voqea deb yuksak baholadi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo‘mitasi raisi, deputat Ganira Pashayeva Armaniston qariyb 30 yil davomida Ozarbayjon yerlarini egallab olganini, bosqinchilik davrida mintaqadagi barcha infratuzilma buzilganini, xalqimiz madaniyati va ilm-faniga katta zarba berilganini ta'kidladi. U Qorabog‘ xonining qizi Xurshidbonu Natavonning shaxsiyati, ijodi haqida gapirib, uning ijodi, rassomlik va xayriya faoliyati haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ganira Pashayeva bu yil Ozarbayjon alohida iste'dodga ega bo‘lgan taniqli Qorabog‘ shoirasi, xon qizi Xurshidbanu Natavon tavalludining 190 yilligini keng nishonlayotganini ta'kidladi va diktor Faiq Alakbarli bilan hamkorlikda yozilgan kitobning ahamiyati haqida gapirdi.

Shusha shahri boshchiligida Qorabog‘ nafaqat Ozarbayjonga, balki butun turkiy dunyoga taniqli shaxslarni taqdim etganini qayd etgan qo‘mita raisi ushbu kitobning o‘zbek tiliga o‘girilishi va O‘zbekistonda birinchi taqdimotning o‘tkazilishini muhim voqea sifatida baholadi va tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi.

Tadbir so‘ngida Ganira Pashayeva hammuallifligida nashr qilingan "Qorabog‘dan chiqayotgan quyosh: Xurshidbanu Natavan" kitobini kitobxonlar uchun imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nashrga qiziqish katta bo‘ldi va kitob o‘zbek talabalariga taqdim etildi.

25.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint