Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” doirasida Ozarbayjon diasporasi tashkilotlariga boy kitob to‘plamlari taqdim etildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, ikki mamlakat Madaniyat Vazirliklari, Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi va Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Elchixonasi ko‘magida joriy yilning 16-22 oktyabr kunlari O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda poytaxt Toshkentdan tashqari Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlari ham qamrab olindi.

Tadbirlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan Milliy Majlis Madaniyat masalalari bo‘yicha qo‘mita raisi Ganira Pashayeva ishtirok etdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining xabar berishicha, tadbirlar doirasida Ozarbayjon delegatsiyasi Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi diaspora tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘teazdi va Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida ozarbayjon va o‘zbek tillarida nashr etilgan kitoblar diaspora tashkilotlariga sovg‘a qilindi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasovning ta'kidlashicha, Milliy madaniyatimizni targ‘ib qilish maqsadida Toshkent shahri va viloyatlarda joylashgan diaspora tashkilotlariga Ozarbayjon madaniyatiga oid ko‘plab kitoblar, suratlar, ko‘rgazmali qurollari, shuningdek, tadbirlarda namoyish etish uchun nashrlar, esdalik sovg‘alari, milliy liboslar muntazam berib boriladi. Shuningdek, u Ozarbayjon Madaniyat markazidagi kurslar va uyushmalar Diaspora tashkilotlariga tadbirlarda ko‘rgazmalar va stendlar tashkil etishda zarur yordam ko‘rsatishini ta'kidladi.

Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonning mashhur ozarbayjonlarining xotirasi abadiylashtirildi, ularning byustlari o‘rnatildi, ular yashagan uylarga bareleflar qo'yildi.

Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari doirasida samarqandlik nashriyotchi, o‘qituvchi, buyuk olim Sayid Rza Alizoda haykali qurilishi, mashhur ozarbayjonlik olim Yusif Qorabog‘iy maqbarasini rekonstruksiya qilish va maqbara atrofini obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi va O‘zbekiston tomoni bilan kelishib olindi.

26.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint