Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ganira Pashayeva O‘zbekiston Oliy Majlisi Spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov bilan uchrashdi.


Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo‘mitasi raisi, Ozarbayjon-O‘zbekiston Do‘stlik guruhi a'zosi, O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarida ishtirok etayotgan deputat Ganira Pashayeva O‘zbekiston Oliy Majlisi Spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov tomonidan qabul qilindi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Oliy Majlisining fan,madaniyat, ta'lim masalalari qo‘mitasi raisi Erkin Zohidov, O‘zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori, Elchixonaning birinchi kotibi Samir Abbasov, o‘zbek yozuvchisi va publitsisti Shuhrat Salomov ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Oliy Majlisi Spikerining o‘rinbosari Alisher Qodirov O‘zbekiston davlati Ozarbayjon bilan munosabatlarga alohida ahamiyat berayotganini, tarixan mavjud bo'lgan til, din, madaniyat yaqinlugi natijasida mamlakat rahbarlari o'rtasidagi oliy darajadagi do'stona munosabstlar bugun ham muvaffaqiyatli davom etayotganini ta'kidladi. U ikki mamlakat Parlamentlari o‘rtasida mustahkam aloqalar mavjudligini, Qo‘mita raisi, deputat Ganira Pashayeva O‘zbekistonga yana bir bor tashrif buyurganidan xursandligini va bu tashrif manfaatli bo‘lishiga umid qilayotganini ta'kidladi. Alisher Qodirov Ozarbayjonning barcha sohasida bo‘lgani kabi, madaniy aloqalar ham rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi Qo‘mita raisi, deputat Ganira Pashayeva mamlakatlarimiz o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlari, Prezident Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga tashrifining muvaffaqiyatli yakunlari, so‘nggi paytlarda Parlamentlararo aloqalarning yuqori darajada rivojlanayotgani, Milliy Majlis raisi Sohiba xonim Gafarovaning O‘zbekistonga hamkorlik tashrifi yuzasidan fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

U turkiy davlatlar rahbarlarining Samarqandda bo‘lib o‘tgan sammitida turkiy dunyo o‘rtasidagi hamjihatlik munosabatlarimizga yangi sur'at baxsh etishiga ishonch bildirdi.

Ganira Pashayeva Armanistonning agressiv siyosati natijasida bizga tegishli yerlar qariyb 30 yildan beri ishg‘olda qolganligini va Ozarbayjon armiyasining Oliy Bosh Qo‘mondon Prezident Aliyev boshchiligidagi 44 kunlik Vatan urushi tarixiy adolatni tiklaganini, o‘z tuproqlarimiz ozod qilganini ta'kidladi. Deputat Ganira Pashayeva turkiy dunyo va O‘zbekiston ushbu og‘ir kunlarda Ozarbayjonga doimo yaqin bo‘lgani, ma'naviy ko‘mak bergani uchun minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv Ozarbayjonning qadimiy viloyati - Fuzuliy tumani ozod qilinganining ikki yilligiga to‘g‘ri kelganini ta'kidlagan Ganira Pashayeva davlat tomonidan ozod qilingan hududlarda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilayotganini ta'kidladi va O‘zbekiston Respublikasi Pezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan Fuzuliy tumanida maktab binosi qurish loyihasini minnatdorchilik bilan eslashini ta'kidladi.

Qo‘mita raisi,deputat Ganira Pashayeva O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida o‘tkazilgan "Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari" tadbirlari haqida so‘z yuritar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy do‘stona munosabatlar, madaniyat sohasidagi aloqalar rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi va bir qator loyihalarga doir takliflarini berdi.

O‘zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori, Elchixonaning birinchi kotibi Samir Abbasov Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniy aloqalar, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab, O‘zbekistonning turli shaharlarida o‘tkazilgan o‘zaro tashriflar, Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari xalq tomonidan katta qiziqish bilan kutib olinganini ta'kidladi.

Samir Abbasov Ozarbayjon va O‘zbekiston shaharlari o‘rtasida birodarlashgan shaharlar loyihasini amalga oshirish, shuningdek, madaniyat tashkilotlari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish va hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta'kidladi. U Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan 2022 yil Shusha yili deb e'lon qilinganligi, Shushaning Ozarbayjon madaniyati poytaxti sifatida milliy madaniyatimizga qo‘shgan hissasi haqida so'zlab berdi.

27.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint