Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Vikipediya”da Fikret Amirov haqida o'zbek tilida bo'lim ishga tushdi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko'ra Ozarbayjonning atoqli bastakori Fikret Amirov haqida “Vikipediya” xalqaro elektron ensiklopediyasida o'zbek tilida bo'lim markaz ko'ngillilari tomonidan tayyorlandi va foydalanishga topshirildi.

Bo'limda Ozarbayjon, Sovet bastakori, musiqiy arbob, Ozarbayjon Davlat Opera va balet teatri direktori, Ozarbayjon davlat filarmoniyasining badiiy rahbari, Ozarbayjon SSR xalq artisti, ko'plab davlat mukofotlari laureati, dunyoga mashhur Ozarbayjon bastakori Fikret Amirov hayoti, ijodi, asarlari, operalari, baletlari, simfonik mug'om, vokal asarlari, musiqiy komediyalari, teatrlashtirilgan asarlari va filmlari haqida ma'lumotlar mavjud.

Ozarbayjonning qadimiy va boy madaniyatiga ega bo'lgan Ganja shahrida tavallud topgan Fikret Amirovning bastakor sifatida shakllanishiga o'sha davr rassomlari, u yashagan muhit katta ta'sir ko'rsatgani qayd etiladi. Ta'kidlanishicha, Fikret Amirovning kompozitsiya san'ati mahoratining tashabbuskori zamonaviy Ozarbayjon musiqa madaniyatining asoschisi Uzeyir Hojibekovdir.

Yaratilgan bo'limda buyuk Ozarbayjon bastakori Fikret Amirovning eng muvaffaqiyatli asarlaridan biri uning torli orkestr uchun "Nizomiy" simfoniyasi ekanligi ta'kidlangan. Ushbu simfoniya dunyodagi eng mashhur dirijyorlar rahbarligida ijro etilgan.

"Ijodiy merosi" bo'limida musiqaning deyarli barcha janrlariga murojaat qilgan bastakorning nomini Ozarbayjonda abadiylashtirish haqida ma'lumot berilgan. Qayd etilishicha, Ozarbayjon Davlat qo'shiq va raqs ansambli, Ganja Davlat filarmoniyasi, Boku, Ganja va Sumgayitda faoliyat ko'rsatayotgan musiqa maktablari atoqli musiqa arbobi Fikret Amirov nomini olgan.

Xabar qilinishicha, 2012 yil 19 sentyabrda Bokuda Fikret Amirov ko'chasida buyuk bastakor haykali ochilgan va 1985 yilda Ozarbayjonfilm kinostudiyasi rejissyorligida "Fikret Amirov" qisqa metrajli hujjatli film suratga olingan. Filmda bastakor o'limidan sal oldin olingan kinosyujetlar, fotosuratlardan foydalanilgan.

"Vikipediya" elektron ensiklopediyasida yaratilgan Fikret Amirov haqida o'zbek tilidagi bo'lim bilan havolasi orqali tanishish mumkin.

14.02.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint