Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ganira Pashayeva O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasining faxriy a'zosi unvoniga sazovor bo‘ldi.


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida ushbu mamlakatda o‘tkazilgan “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” tadbirlari doirasida Ozarbayjon Milliy Majlisining Madaniyat Qo‘mitasi raisi, deputat Ganira Pashayeva O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasiga tashrif buyurdi va O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov bilan uchrashdi. Uchrashuvda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov ham ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida, O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi Olimjon O'sarov ozarbayjonlik mehmonlarni qutlar ekan,o'zi rahbarlik qilayotgan tashkilot faoliyati haqida ma'lumot berib, ijodiy uyushma 1957 yildan buyon faoliyat yuritib kelayotganini ta'kidladi. Mamlakatimizning milliy media sohasini rivojlantirish bir qator qonun hujjatlari bilan tartibga solinayotgani fuqarolarning axborot olish huquqlarini ta'minlash, ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnik bazasini yanada yaxshilashda muhim omil bo‘layotganini aytib o'tdi. O. O'sarov O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan yaqin hamkorlikni qayd etib, o‘zbek jurnalistlari O‘zbekiston-Ozarbayjon do‘stligi va hamkorligi masalasida doimiy ravishda katta qiziqish mavjudligini ta'kidladi.

Ozarbayjon Milliy Majlisining Madaniyat Qo‘mitasi raisi, deputat Ganira Pashayeva Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik haqida gapirar ekan, davlat rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvlar o‘zaro munosabatlarimiz rivojiga katta turtki berganini ta'kidladi. Bu ishda qalam sohiblari, ommaviy axborot vositalari vakillarining sharafli ishi borligini ta'kidladi. Ganira Pashayeva 44 kunlik Vatan urushi davrida o‘zbek matbuoti bilan yaqin hamkorlik natijasida O‘zbekistonda Ozarbayjon voqeligi, Armanistonning bosqinchilik siyosati haqida 244 taga yaqun maqola, intervyu, teleko‘rsatuvlar e'lon qilgan qardosh o‘zbek matbuotiga minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov O‘zbekiston matbuoti bilan o‘rnatilgan yaqin hamkorlik haqida gapirib, o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari bo‘lgan -O‘zbrek ommaviy axborot vositalari vakillari uchun har yili Ozarbayjonga uyushtirilgan Media-turlar o‘zining muvaffaqiyatli natijalarini berayotganini ta'kidladi. Uning qayd etishicha, o‘zbek jurnalistlari uchun Ozarbayjonning bosqinchilikdan ozod qilingan hududlarida 4 marotaba Media-turlar tashkil etilganligi va safar natijasida anchagina maqola va materiallar chop etilganligini ta'kidladi.

O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasi raisi Olimjon O‘sarov Ozarbayjon matbuoti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik, shuningdek, O‘zbekistonning tarixi, madaniyati, yutuqlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ilgari surgan "Yangi O‘zbekiston" kontseptsiyasiga doir materiallar, maqolalar haqida xolis axborot berishdan manfaatdor ekanini ta'kidladi.

Uchrashuvda jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon O'sarov ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik,shuningdek O'zbekiston mavzusiga doimo e'tibor berib kelgan Ganira Pashayevaga O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasining faxriy a'zolik guvoxnomasini topshirdi.

Ozarbayjon Milliy Majlisining Madaniyat Qo‘mitasi raisi, deputat Ganira Pashayeva unga e'tibor va ishonch uchun minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatida O‘zbekiston bilan do‘stona munosabatlarga alohida ahamiyat berishini ta'kidladi. Qardosh O‘zbekistonni Ozarbayjonda targ‘ib qilish bo‘yicha tadbirlar kelgusida ham davom etishini, matbuot sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirishini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida jurnalistlar uyushmasi binosi, matbuot markazlari, majlislar zallari bo‘ylab ekskursiya, mavjud imkoniyatlar bilan tanishish marosimi bo‘lib o‘tdi.

28.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint