Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
1 2 3 4 5 6
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda Ozarbayjonning sayyohlik salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Toshkentdagi “Wyndham” mehmonxonasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va “Prestige Travel” - Uzbekistan turoperatori ko‘magida Ozarbayjonning sayyohlik salohiyati taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda "Prestige Travel" turoperatori kengaytirildi va hozirda Ozarbayjonda faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu esa mamlakatlar o‘rtasida turistik aloqalarni yanada kengaytirishga imkon yaratadi.

Tadbirda ko‘plab mehmonlar, sayyohlik kompaniyalari, turli mehmonxona va sanatoriylar vakillari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastlab ishtirokchilarga "Olovlar o‘lkasiga sayohat" fotoko‘rgazmasi, shuningdek, Ozarbayjon milliy madaniyatining svenirlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ko‘rgazmada Ozarbayjonning tabiati va sayyohlik imkoniyatlari fotosuratlari namoyish etildi.

Ozarbayjonda faoliyat yuritayotgan "Prestige Travel" sayyohlik kompaniyasi direktori Sabina Mammadova Ozarbayjonning sayyohlik imkoniyatlari haqida ma'ruza qildi. U o‘z nutqida so‘nggi yillarda O‘zbek sayyohlarining Ozarbayjonga qiziqishi ortib borayotgani, ikki mamlakat o‘rtasida havo qatnovining ko‘payishi, Bokudan Toshkentga parvozlarning ko‘payishi, tarixiy Samarqand shahriga parvozlarning ochilishi turizm rivojiga ta'sir ko‘rsatayotganini ta'kidladi.

Sabina Mammadova ta'kidlaganidek, taqdimot marosimidan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zbekistonlik turizm ixlosmandlarini Ozarbayjon, poytaxti Boku hamda hududlardagi dam olish maskanlarining sayyohlik imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat. U Ozarbayjonning Naftalan, Lenkoran, Sheki va Shahdag,Gusar kabi hududlaridagi turistik majmualar, ularda yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va Ozarbayjon O‘zbekiston fuqarolari uchun qiziqarli sayyohlik yo‘nalishi ekanligini ta'kidladi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi Kutubxona-axborot markazi rahbari Kifoyat Pirmamedova "Ozarbayjon-Olovlar o‘lkasi" mavzusida taqdimot o‘tkazib, mamlakatning betakror tabiati, madaniyati, oshxonasi va boy sayyohlik imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga Ozarbayjonning sayyohlik imkoniyatlari haqida video taqdimot namoyish etildi.

Shuningdek, ma'ruzachilar, O‘zbekistondagi "Prestige Travel" kompaniyasi bo‘lim rahbari Sayora Inamova, "Flykhiva" tijorat direktori Aziz Xodjayevlar ham Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, Ozarbayjon iqlimi, tabiati, yodgorliklari va mamlakatimizda sayohat qilishning afzalliklari haqida gapirdi.

Tadbirning badiiy qismida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan artist Kaykeb Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qyzlari" raqs ansambli ishtirokchilari Ozarbayjon milliy raqslarini ijro etishdi.

28.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint