Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonning “MY 5” telekanalida Ozarbayjonning Shusha va Fuzuliy shaharlari haqida dastur namoyish etildi.


Ozarbayjonning O‘zbekistondagi Elchixonasi va O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ko‘magida Toshkentdagi “Mening Yurtim 5” telekanalining “Xush ko‘rdik” dasturi jurnalistlarining Ozarbayjonning ishg‘oldan ozod qilingan hududlariga media-safari tashkil etildi.

Media-tur poytaxt Boku bilan bir qatorda Ozarbayjonning arman bosqinidan ozod qilingan Shusha, Fuzuliy, Zangilan, Ag‘dam va Ganja viloyatlarida tashkil etildi.

Jurnalist Manuchehr Qalandarzoda boshlovchilik qilgan dasturda 8 oy ichida Qorabog‘da qurilgan ilk aeroport, Fuzuliy Xalqaro Aeroporti haqida va har qanday turdagi samolyotlarni qabul qilish imkoniyatlari, uchish-qo‘nish yo‘lagi, zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan terminal haqida ma'lumot berilgan.

Fuzuliy shahri, Ozarbayjonning boshqa bosib olingan hududlari singari, qariyb 30 yil davomida Armaniston Qurolli kuchlari nazorati ostida bo‘lganligi va Vatan urushi natijasida ozod qilinganligi qayd etildi. Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi qardoshlik munosabatlarini qayd etgan boshlovchi Manuchehr Qalandarzoda O‘zbekistonning Qorabog‘ni tiklash tashabbusi va ozod qilingan Fuzuliy shahrida maktab qurish qarori haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashadi.

Tayyorlangan dasturda u Ozarbayjon musiqasi va she'riyatining beshigi, "Kavkaz konservatoriyasi" – Ozarbayjon madaniyati poytaxti, Shusha shahri haqida gapirdi. Ta'kidlanishicha, shahar 1751 yilda Panaxali Xon tomonidan Qorabog‘ xonligini himoya qilish uchun qal'a sifatida tashkil etilgan va dastlab uning asoschisi sharafiga Panaxobod nomi berilgan, so‘ngra Shusha deb nomlangan.

Boshlovchi deyarli 30 yil davomida Armaniston istilosi ostida bo‘lgan Shusha shahrining ko‘plab binolari, shu jumladan mashhur tarixiy arxitektura yodgorliklari vayron qilinganligini ta'kidladi.

Dastur Ozarbayjonda Vatan urushida halok bo‘lgan askarlar xotirasi ramzi hamda Ozarbayjon armiyasining g‘alabasi ramzi sifatida qabul qilingan "Xaribulbul" gul shaklidagi ramz haqida gapirdi.

Boshlovchi M. Qalandarzoda XVIII asrda yashagan Ozarbayjon shoiri va davlat arbobi, Qorabog‘ xonligi vaziri Mulla Panah Voqif maqbarasini ham ziyorat qilib, Shusha shahrini arman qurolli tuzilmalari egallab olganidan keyin bu bino jiddiy zarar ko‘rganini, faqat uning devorlari qolganligini ta'kidladi. Uning ta'kidlashicha, shahar Ozarbayjon davlati tomonidan ozod qilinganidan keyin Voqif muzeyi va maqbarasi majmuasi barpo etilgan.

Tayyorlangan dasturda XVIII asr tarixiy-me'moriy yodgorligi - Ozarbayjon shoiri va jamoat arbobi Xurshidbonu Natavonning ikki qavatli uyi haqidagi ma'lumotlar ham aks etgan.

Shusha haqidagi ko‘rsatuv Jidir tekisligi chetida yakunlanib, unda boshlovchi Ozarbayjonning Qorabog‘ viloyati buyuk o‘zbek hukmdori va sarkardasi Amir Temurning sevimli dam olish maskani bo‘lganligini, Qorabog‘ esa Turk diyori ekanligini ta'kidladi.

31.10.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint