XABARLAR 2022
O‘zbekistonning “MY5” telekanalida Ozarbayjonning Armaniston bosqinidan ozod qilingan Ag‘dam va Zangilan shaharlari haqida dastur namoyish etildi.
Kuni kecha Toshkentdagi “Mening yurtim 5” telekanalining “Xush ko‘rdik” televizion dasturida O‘bekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida Ozarbayjonda tashkil etilgan media-tur natijasi haqida Ozarbayjonning Ag‘dam va Zangilan shaharlari haqidagi dastur namoyish etildi.
Jurnalist Manuchehr Qalandarzoda boshlovchilik qilayotgan dasturda Ag‘dam shahrining bugungi ahvoli haqida hikoya qilinadi va uning butunlay yo‘q qilinganligi qayd etiladi.
Dasturda Xon naslining Ag‘damdagi ilk mulklaridan biri, XVIII asrning tarixiy va me'moriy yodgorligi sifatida Ag‘damdagi Panaxali xon saroyi, shuningdek taniqli qorabog‘liklar dafn etilgan imorat, qabriston haqida hikoya qilinadi.
Televizion loyihada ta'kidlanishicha, ushbu yodgorliklar Armaniston qurolli kuchlari tomonidan Ozarbayjon hududlarini bosib olish paytida buzib tashlangan, ko‘plab tarixiy, madaniy va diniy yodgorliklar vayron qilingan.
"Hush ko‘rdik" teledasturi Ozarbayjonning Sharqiy Zangezur shahriga tashrifni keng yoritadi, Zangilan tumanida qurilgan zamonaviy "Smart City " ("Aqlli shahar") va "Smart Villade" (“Aqlli qishloq") konseptsiyalari haqida batafsil bayon etadi.
Tomoshabinlarga Sharqiy Zangezurda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish ishlari, shuningdek, umuman Ozarbayjonning bosib olishdan ozod qilingan hududlarida amalga oshirilayotgan qayta tiklash va rekonstruksiya loyihalari haqida ma'lumot beriladi.
Zangilan tumanida yashovchi fuqaro telekanalga bergan intervyusida qariyb 30 yillik ayriliq va sog‘inchdan so‘ng vataniga qaytganini qayd etadi. Uning ta'kidlashicha, Ozarbayjon davlati tomonidan amalga oshirilayotgan aqlli shahar loyihasi shahar hayot tizimlaridan iqtisodiy, ekologik toza va xavfsiz foydalanishni nazarda tutadi va innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda odamlarning yashash sharoitlarini, zamonaviy hayot sifatini ta'minlashga qaratilgangan.
01.11.2022