Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjonning G‘alaba Kuni munosabati bilan O‘zbekistonda rasmiy qabul bo‘lib o‘tdi.


Toshkentdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi va ushbu tashkilot qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi G'alaba Kuni munosabati bilan ziyofat uyushtirdi.

Qabul marosimida O‘zbekiston Oliy Majlisi raisining o‘rinbosari Alisher Qodirov, davlat va hukumat vakillari, Vazirlar, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan mamlakatlarning elchilari, diplomatlari, xalqaro tashkilotlar vakillari, fan, madaniyat va san'at namoyandalari, mahalliy ozarbayjonlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Avvalroq ishtirokchilar G‘alaba Kuni munosabati bilan qabulxonada tashkil etilgan "44 kun: qahramonlik, g‘alaba va ozodlik" fotoko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

Ko‘rgazmadagi fotosuratlarda Oliy Bosh Qo‘mondon Ilhom Aliyev rahbarligidagi Vatan urushi natijasida Ozarbayjon armiyasi tomonidan tuproqlarimiz ozod qilinganligi, Prezident Ilhom Aliyevning g‘alabali tvitlari, ozod qilingan hududlarda arman vandalizmining izi,shuningdek, davlatimiz tomonidan olib borilgan qurilish ishlari aks ettirilgan.

Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonda har ikki mamlakatning davlat madhiyalari ijro etilgan tadbirga katta qiziqish bildirildi.

Kirish nutqini so‘zlagan Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev tadbir ishtirokchilarini G‘alaba Kuni bilan muborakbod etdi va Armanistonning Ozarbayjonga qarshi harbiy agressiya borasidagi siyosati haqida ma'lumot berdi.

Elchining ta'kidlashicha, agressiya natijasida mamlakatimiz yerlarining 20 foizi 30 yilga yaqin arman qurolli tuzilmalari tomonidan bosib olingan, 20 ming ozarbayjonlar hayotdan ko‘z yumgan, bir million qochqin bo‘lib, vatanidan ko‘chib ketgan.

Husayn Guliyevning ta'kidlashicha, BMT Xavfsizlik Kengashining Armaniston harbiy tuzilmalarini Ozarbayjon hududidan zudlik bilan olib chiqish bo‘yicha 4 ta qaroriga qaramay, Armaniston ushbu talablarni bajarmadi va Ozarbayjon bilan neft, gaz va muhim aloqa liniyalari o‘tadigan chegaradagi Tovuz tumaniga hujum qildi.

Oliy Bosh Qo‘mondon-Prezident Ilhom Aliyev rahbarligidagi Ozarbayjon armiyasi 44 kunlik Vatan urushida katta g‘alaba qozonganini qayd etgan elchi, natijada tuproqlarimiz bosqinchilikdan ozod qilinganligini ta'kidladi.

Diplomat Vatan urushi davrida qardosh davlatlar qo‘llab-quvvatlagani, O‘zbeyeistonning Ozarbayjonni ma'naviy qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Husayn Guliyev Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning buyrug‘i bilan 8 noyabr har yili Ozarbayjonda G'alaba Kuni sifatida nishonlanishini ta'kidladi.

Tadbirda Ozarbayjon Milliy Majlisi Qo‘mita raisi, Ozarbayjon-O‘zbekiston Do‘stlik guruhi rahbari Eldor Ibrohimov Armanistonning 44 kunlik Vatan urushi davridagi og‘ir mag‘lubiyati, Vatan tuproqlarini ozod qilish, adolatni tiklash va to‘g‘risida ozod qilingan yerlarni tiklash ishlari bo‘yicha ma'ruza qildi.

Eldor Ibrohimov Vatan urushida adolat tomonda bo‘lgan, Ozarbayjonni qo‘llab-quvvatlagan barcha davlatlarga, jumladan, o‘zbek xalqiga,davlatiga ma'naviy ko'mak uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shuni ta'kidlash kerakki, tadbir davomida Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tayyorlangan Armanistonning Ozarbayjonga tajovuzi,ular tomonidan bosib olgan yerlarda amalga oshirilgan vandalizm,Vatan tuproqlarini ozod qilish va u yerda o‘tkazilgan tadbirlar, keng ko‘lamli qurilish ishlari haqida videorolik namoyish etildi.

G‘alaba kuni munosabati bilan ishtirokchilarga Ozarbayjon milliy taomlari va shirinlinliklari tortildi.

04.11.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint