Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Turkiy dunyo tarixidagi shonli sahifadir” mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Turkiy Oqsoqollar Birligi- TAIBning birgalikdagi tashkilotchiligi asosida G‘alaba kuni munosabati bilan O‘zbekistonda “Ozarbayjonning Qorabog‘dagi g‘alabasi Turkiy dunyo tarixidagi shonli sahifadir” nomli konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Ozarbayjon Milliy Majlisi deputatlari Ramil Hasan, Mushfiq Jafarov, Turkiy Oqsoqollar Birligi raisi, akademik Sudeyif Imomverdiyevning boshchiligidagi mazkur tuzilma delegatsiyasi, O‘zbekistondan fan, madaniyat va san'at arboblari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar anjuman avvalida Markaz oldidagi Buyuk rahbar Haydar Aliyev haykali va Vatan urushi shahidlariga bag‘ishlangan yodgorlik majmuasiga gul va gulchambarlar qo‘yishdi.

Anjuman oldidan shahidlarimiz ruhi bir daqiqalik sukut bilan yodga olindi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov anjuman ishtirokchilarini qutladi va Ozarbayjonning 44 kunlik Vatan urushidagi g‘alabasi haqida ma'lumot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Armanistonning Ozarbayjonga qarshi harbiy tajovuzi natijasida 7 tuman, boshqacha aytganda, yerlarimizning 20 foizi, 17 ming kvadrat kilometr xududimiz ishg‘ol qilingan. Armanlar Terter, Barda, Ganja, Mingachevir, Yevlax, Beylagan, Gabala shaharlarini, qishloq va posyolkalarni halokatli qurollar, raketalar bilan o‘qqa tutdilar, bu esa tinch aholining o‘limiga va yaralanishiga olib keldi.

Direktorning aytishicha, xalqimiz va mard askar va zobitlarimiz 44 kun ichida shonli tarixni yozib, 30 yillik bosqinchilikka chek qo‘yib, hududiy yaxlitligimiz tiklandi. Urush natijasida uch mingdan ortiq askar va zobitlarimiz halok bo‘ldi, ammo ularning qoni yerda qolmadi. Bu ulkan g‘alaba xalqimizning birdamligini nishonlashga, mamlakatimizning harbiy va iqtisodiy qudratini butun dunyoga namoyish etishga sabab bo‘ldi. Endilikda bosqinchilikdan ozod etilgan yerlarda qurilish ishlari boshlab yuborildi.

Turkiy Oqsoqollar Birligi raisi-TOIBning raisi, YAP Faxriylari Kengashi a'zosi, akademik Sudeyif Imomverdiyev, TOIBning turkiy dunyo bo‘yicha hamraisi, taniqli diplomat Hulusi Kilich Ozarbayjonning II Qorabog‘ urushidagi g‘alabasini Turkiy dunyoning g‘alabali tarixidagi yorqin sahifa sifatida baholadi. So‘zga chiqqanlar tarixiy adolatni tiklagan Ozarbayjon butun turkiy dunyoga g‘urur bag‘ishlaganini aytib, bugungi kunda turkiy davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, hamkorlik imkoniyatlarini baholash va turk birligini mustahkamlash yo‘lida tarixiy qadamlar tashlash kabi muhim masalalar haqida ham batafsil so‘z yuritdilar.

Ramil Hasan o‘z nutqida 8-9 noyabrga o‘tar kechasi Ozarbayjonning mard-qahramonlari o‘tib bo‘lmas tik qoyalarga chiqib, Armanlar kutmagan yerdan qoni evaziga qadimiy Shusha shahriga kirib borganini aytdi. Shusha ozodligi uchun mard askar va zobitlarimiz shahid bo‘ldilar, barcha shahidlarimizni Alloh rahmat qilsin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjonning Vatan urushidagi g‘alabasi Ozarbayjon va Turkiya Prezidentlari tomonidan Shusha Deklaratsiyasining imzolanishi va hamkorlikni yanada chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi hujjatning paydo bo‘lishi natijasidir.Endilikda, Ozarbayjon va O‘zbekiston, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik aloqalarni yanada yuqori bosqichga ko‘tarish uchun muhim qadamlar qo‘yiladi, deb o‘ylayman.

Bir necha oy avval Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qardosh O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan va O‘zbekiston davlat rahbari bilan aloqalarni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan muhim hujjatlar imzolangan edi. Shu oyning 11-sanasida esa turkiy dunyo rahbarlari qadimiy Samarqand shahrida to‘planishadi. Ushbu uchrashuvda turkiy dunyo o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirishga qaratilgan muhim hujjatlar ham imzolanishiga ishonaman. Ozarbayjon va O‘zbekistonning do‘stligi va qardoshligi abadiy bo‘lsin. > Yusif Samir MM: Mushfiq Jafarovning aytishicha, Ozarbayjonning bu g‘alabasi nafaqat bizning, balki butun turkiy dunyoning g‘alabasidir. Bu bayram nafaqat Ozarbayjonda, balki butun turkiy dunyoda, jumladan, yurtdoshlarimiz yashayotgan barcha mamlakatlarda nishonlanadi. G‘alabaga erishishda Turkiyaning ma'naviy, siyosiy va axborot yordamini alohida ta'kidlashni istardim.

U deputat sifatida Ganja vakili ekanligini, Vatan urushi davrida Ganja shahri bir necha bor raketa hujumlariga uchragani, shaharning turli kvartallari tunda ham, kunduzi ham ballistik raketalardan o‘qqa tutilgani, ayollar, keksalar, bolalar halok bo‘lganini ta'kidladi.

Qozogistondagi Xalqaro Turk Akademiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Fuzuliy Majidlining aytishicha, Ozarbayjonning 44 kunlik Vatan urushi Turk dunyosida, jumladan, butun dunyo davlatlari tomonidan kuzatilgan. Ozarbayjon zamonaviy dunyo urushini olib bordi. Shuningdek, u Turk dunyosi tomonidan turkiy dunyo o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish uchun qilingan ishlar haqida gapirdi.

O‘zbekistonlik akademik Xaydarbak Bobobekov, dotsent Adhambek Alimbekov va boshqalar Ozarbayjon armiyasining g‘alabasi, Ozarbayjon-O‘zbekiston munosabatlari, Turk dunyosi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish haqida so‘z yuritdilar.

Anjumanda, Ozarbayjon va O‘zbekiston va turkiy dunyo o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun o‘zbek jamoatchiligining bir necha faol vakillari va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasovga Turkiy Oqsoqollar Birligi - TOIBning maxsus plakati topshirildi.

Anjuman yakunida Missiya TV tomonidan tayyorlangan "G‘alabaga yo‘l" filmi namoyish etildi.
Anjuman ishtirokchilari ta'sirli kadrlar aks etgan filmni qarsaklar bilan kutib oldilar.

08.11.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint