Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Ahmad Boytursunuli va Turkiy dunyoning ma'naviy merosi” mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.


Qozog‘istondagi Xalqaro Turk Akademiyasi Toshkentdagi O‘zbek Tili va Adabiyoti Universiteti bilan birgalikda qozoq jamoat va siyosiy arbobi Ahmad Boytursunuli tavalludining 150 yilligiga bag‘ishlangan “Ahmad Boytursunuli va Turkiy dunyoning ma'naviy merosi” mavzusida xalqaro ilmiy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda Turkiy Oqsoqollar Uyushmasi raisi, akademik Sudeyif Imomverdiyev boshchiligidagi ushbu tashkilot delegatsiyasi, O‘zbekiston fan, madaniyat va san'at namoyandalari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nodirbek Jo‘raqo‘ziyev Ahmad Baytursunulining hayoti va siyosiy faoliyati haqida ma'lumot berib, uning qozoq xalqi va umumturkiy madaniyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida gapirdi.

Qozog‘istondagi Xalqaro Turk Akademiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Fuzuliy Majidli konferensiya ishtirokchilarini va butun Turk olamini Turk dunyosining buyuk o‘g‘li, jamoat siyosatchisi, mashhur turkolog, shoir Ahmad Boytursunuli tavalludining 150 yilligi bilan tabriklab, bu yil ushbu buyuk shaxsning 150 yilligi YUNESKO darajasida ham keng nishonlanganligini ta'kidladi. Buyuk yozuvchi qozoq milliyligining o‘ziga xosligini o‘rnatish, alifbo islohoti, adabiyot nazariyasini isloh qilish, ta'limni rivojlantirish, gazeta va jurnallarni nashr etish va boshqa sohalarda alohida xizmatlar ko‘rsatdi. Ahmad Boytursunuli Turkiy dunyoning buyuk siymolari Ismoil Gasprali, Bakir Chobanzoda, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Mahmud Xo‘ja Behbudiy va boshqalar bilan birgalikda Turkiy dunyoning birligini, umumiy alifboni, umumiy til formatini yaratish bo‘yicha muhim ishlarni amalga oshirdi. Ahmad Boytursunulining 1926 yilda Bokuda bo‘lib o‘tgan Birinchi Turkologik Kongressdagi ishtiroki, uning Turkologiya sohasidagi nutqlari va takliflari qiziqish bilan kutib olingan.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasovning aytishicha, Ahmad Boytursunuli o‘sha yillarda bir muncha vaqt Toshkentdagi Qozoq Pedagogika Universitetida qozoq tili va adabiyotidan dars bergan va 1928 yilda Olmaota Qozoq Universitetida ishlashga taklif qilingan. Bu yerda u qozoq tili va adabiyoti professori etib saylandi.

Biroq, bu holat uzoq davom etmaydi. Garchi Ahmad Boytursunuli ta'lim sohasida ishlab, ilmiy tadqiqotlar olib borgan bo'lsa ham, u siyosiy faoliyat bilan ham shug‘ullanadi. U turkiy xalqlarning rus bosqinchilariga qarshi birgalikdagi kurashini rejalashtirgan holda yashirin tashkilot tuzishda faol ishtirok etadi. Ular ta'lim va ilm-fan sohasidagi katta yutuqlariga qaramay, 1929 yilning 12 iyunida uni hibsga olishadi. Uzoq va azobli tergovdan so‘ng, sud millatchi tashkilotda qatnashgani uchun otib o‘ldirish hukmini o‘qiydi. Otib o'ldiriladigan kunini sakkiz oy kutgan Ahmad Boytursunulining otib o‘ldirish hukmi 10 yillik qamoq jazosiga almashtiriladi. Solovkidagi qamoqxonalarga yuborilgan Ahmad Boytursunuli 1934 yilda muddatidan ilgari qamoqdan ozod qilinadi. 1937 yilga melib u yana hibsga olishadi. Ahmad Boytursunuli sobiq alashistlar Gabbas Nurumov, Almuhammad Qosimov, Alimxon Yermakov., Qozog‘iston Maorif Xalq Komissari Teymurbek Jurgenev, RSFSR Xalq Komissarlar Kengashi o‘rinbosari Turar Risqulov, Bokuda yashagan professorlardan, Bakir Cho‘banzoda va Goziz Gubaydullin, shuningdek,Husayin Jovid,Mikail Mushfiq, o‘zbek adiblari Fitrat,Cho‘lpon va boshqalar bilan birga sovetlarga qarshi targ‘ibot olib borgani, Sovet davlatini ag‘darishga urinishgani uchun turli vaqtlarda o‘limga mahkum etiladi. Ahmad Boytursunulning o‘lim jazosi 1937 yilning 8-dekabrida ijro etiladi.

Turkiy Oqsoqollar Uyushmasi raisi, akademik Sudeyif Imomverdiyev Ahmad Boytursunuli va boshqa shu kabi shaxslar merosini o‘rganish, ularning asarlarini nafaqat qozoq tilida, balki barcha turkiy tillarda nashr etish muhimligi masalalariga to‘xtaldi.

O‘zbekistondagi Qozoq Milliy Madaniyat Markazi raisi Serikboy Usenov, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Ali, Qoraqalpog‘iston Xalq shoiri Muzaffar Axmedov, professorlar Nasimxon Raxmonov, Qozoqboy Yuldashev, Mahanbek Jusunov va boshqalar Ahmad Boytursunulini turkiy dunyoga targ‘ib qilish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdilar.

09.11.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint