XABARLAR 2022
Samir Abbasov Turk Tarixi va Madaniyati Jamg‘armasining Nizomiy Ganjaviy medali bilan taqdirlandi.
Turkiyaning Anqara shahrida faoliyat yuritayotgan Turk Tarixi va Madaniyati Jamg‘armasi rahbari Nizomettin Aykurt O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida bo‘lib, Markaz direktori Samir Abbasov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Turk Tarixi va Madaniyati Jamg‘armasi rahbari Nizomettin Aykurt jahon adabiyotining taniqli vakili, Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi munosabati bilan va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan 2021 yil "Nizomiy Ganjaviy yili"deb e'lon qilinishi munosabati bilan, buyuk shoirning merosi va ijodini Turk dunyosida, O‘zbekistonda targ‘ibot qilish ishlariga qo‘shgan alohida hissasi uchun Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Jamg‘arma tomonidan ta'sis etilgan Nizomiy Ganjaviy medali bilan taqdirlandi.
Nizomettin Aykurt o‘z nutqida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Nizomiy yili doirasida O‘zbekistonda muhim va ko‘plab loyihalarning amalga oshirilishiga alohida baho berdi. Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko‘ra, Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa"siga kiritilgan beshta asari ilk marotaba O‘zbekiston xalq shoiri Jamol Kamol tomonidan o‘zbek tiliga muvaffaqiyatli tarjima qilinib, nafis shaklda nashr etilganini ta'kidladi. Bundan tashqari, u Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi tufayli Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning Ozarbayjon va Turkiya fondlarida saqlanayotgan noyob qo‘lyozmalari nusxalarining elektron nusxasi olinganini, ular O‘zbekiston Qo‘lyozmalar va Sharqshunoslik instituti fondlariga hadya qilinganligini ta'kidladi, va bu asarlar bo‘lajak tadqiqotchilar uchun muhimdir.
Nizomiy Ganjaviy merosi, turkiy dunyo adabiyotining cho‘qqisi va uning jahon adabiyotiga qo‘shgan hissasi munosabati bilan e'lon qilingan tanlov natijasida o‘zbek olimlari tomonidan ko‘plab ilmiy maqolalar yozilganini, ikkita monografiya tayyorlanib, Toshkentda nashr etilganini muhim voqea deya baholadi. Jamg‘arma rahbari Nizomettin Aykurt 2021-yilda O‘zbekistonda Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan davlat va hukumat vakillari, olimlar, yozuvchilar ishtirokida tashkil etilgan "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyati va adabiyoti kunlari" tadbirlari shoir ijodini targ‘ib etishga va "Nizomiy Ganjaviy yili"ga alohida hissa qo‘shayotganini ta'kidladi.
"Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy madaniyati va adabiyoti kunlari" doirasida o‘zbek shoirlari, adabiyotshunoslari, talabalar ishtirokida she'riyat kechasi, turkiy dunyo olimlari ishtirokidagi xalqaro anjumanlar, ko‘plab rasmlar ko‘rgazmalari, kitob taqdimotlari, O‘zbekistondagi" So‘g‘diyona" Xalq cholg‘u asboblari ansambli ishtiroyeida Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlari asosida tayyorlangan konsert dasturining taqdimoti daho Nizomiy Ganjaviy merosini ommalashtirishga qo‘shgan muhim hissasi ekanini ta'kidladi.
Samir Abbasov Turkiya Tarixi va Madaniyati Jamg‘armasiga Milliy madaniyatimiz va adabiyotimizga, Nizomiy Ganjaviy merosiga nisbatan iliq munosabati va mukofoti uchun minnatdorlik bildirdi.
15.11.2022