Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida ozarbayjon milliy raqslariga oid darslar boshlandi


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi hamda loyihasi asosida Markaz qoshidagi raqs ansambli va raqs to‘garagining bolalar va o‘smirlari uchun milliy raqslarga oid mahorat darslari boshlandi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, loyihaning asosiy maqsadi Ozarbayjon milliy raqslarini mukammal o‘rgatish, ularni to‘g‘ri ijro etish va raqs san’atimizni kengroq targ‘ib qilishdir.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining Madaniyat vazirligi ila loyihasi asosida yosh raqqosalarga Ozarbayjon Xalq artisti, Boku Xoreografiya Akademiyasi prorektori, taniqli raqqosa Tarana Muradova milliy raqslar, ularning ijrosi, jamoaviy raqs namunalari, turli elementlar va janrlarni ijro etish bo‘yicha mahorat darslari o‘tkazyapti.

Mahorat darslarida bolalarga ozar milliy raqslari haqida turli raqs elementlari, to‘g‘ri turish, qo‘lni to‘g‘ri ushlash, sahna harakatlari, milliy raqslar o‘rgatilayotir. Shuningdek, Ozarbayjon milliy raqs san’ati elementlari asosan ommaviy bo‘lgani sababli, bolalar uchun raqslarni jamoada ijro etish, turli elementlardan foydalanish bo‘yicha ham tushuntirishlar berilayotgani diqqatga sazovor.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida tashkil etilgan to‘garakda har yili yuzlab ozarbayjon, o‘zbek va boshqa millat vakillarining kenja avlodi ozar raqs san’ati sirlarini puxta egallashayotgani quvonarlidir.

Markazda faoliyat yuritayotgan “Kaykeb Alieva nomidagi Ozarbayjon qizlari” raqs ansambli juda faol bo‘lib, O‘zbekistondagi madaniyat, raqs san’ati sohasidagi xalqaro tadbirlarda, shuningdek, Ozarbayjon madaniyati va san'ati kunlarida doimiy ishtirok etib kelmoqda.

Qayd etish lozimki, O‘zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon xalqining milliy qadriyati, san’atning muhim tarmog‘i bo‘lgan raqsga, uni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratib keladi.

10 yildan ortiq davr mobaynida Markaz qoshida faoliyat ko‘rsatayotgan raqs to‘garagida har yili yuzlab yoshlar mashg‘ulotlarda qatnashib kelayotgani, ozarbayjon raqslariga qiziquvchi yoshlarning soni tobora ortib borayotganidan darak beradi.

16.11.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint