Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Maqsud Shayxzodaning 114 yilligiga bag‘ishlandi


O‘zbekiston Davlat Transport universitetida ozarbayjon va o‘zbek xalqlarining sevimli yozuvchisi, shoir, dramaturg, tarjimon, atoqli ustoz va adabiyotshunos Maqsud Shayxzoda tavalludining 114 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi xodimlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi vakillari, O'zbekiston madaniyat, san'at va fan arboblari ishtirok etdi.

Tadbirni O‘zbekiston Davlat Transport universiteti prorektori Dilshod Baratov kirish so‘zi bilan ochib, Maqsud Shayxzoda ijodi, uning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan hissasi haqida gapirdi.

‒ G‘afur G‘ulom, Oybek, Abdulla Qahhor, G‘ayratiy, Usmon Nosir va shu kabi buyuk adiblar qatorida Shayxzoda nomi ham zikr etilishi tabiiy, albatta. Maqsud Shayxzoda ozarbayjon va o‘zbek xalqining buyuk farzandi bo‘lib, nazm, nasr hamda dramaturgiyada ajoyib asarlar yaratgan va ular adabiyotga zarhal harflar bilan bitilgan, ‒ deya qayd etdi Dilshod Baratov.

Ozarbayjon Madaniyat markazi Kutubxona-axborot markazi rahbari Kifoyat Pirmammedova ozarbayjon va o‘zbek xalqining buyuk o‘g‘li, shoir va tarjimon Maqsud Shayxzodaning xizmatlari ikki mamlakatda ham yuqori baholanayotganini, yozuvchi O‘zbekiston davlati tomonidan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlanganini ta’kidladi. Shuningdek, K.Pirmammedova Maqsud Shayxzoda ikki xalq o'rtasidagi do‘stona munosabatlar ramzi ekanligi, bunday shaxslar o'z faoliyati orqali xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirish uchun “ko‘prik” bo‘lib xizmat qilishini e’tirof etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat markazi bosh mutaxassisi Gulchehra Ibrohimova Maqsud Shayxzoda ijodiga to‘xtalib, “Mirzo Ulug‘bek”, “Jaloliddin Manguberdi” dramalari, “Toshkentnoma” she’rlarini tahlil qilib, ulardan parchalar o‘qidi.

Tadbir yakunida ishtirokchilarga Maqsud Shayxzodaga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma hamda anshanli raqsi ishtirokida “Xizmat ko‘rsatgan artist Kaykeb Alieva nomidagi Ozarbayjon qizlari” raqs ansamblining chiqishlari namoyish etildi.

17.11.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint