Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida Ozarbayjon tili fakulteti tashkil etiladi


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi va loyihasiga ko‘ra Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti Turk tili bo‘limi tomonidan Ozarbayjon tili fakulteti tashkil etilmoqda.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov va Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva o‘rtasidagi uchrashuv bunga zamin bo‘lgan edi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi direktori Samir Abbasov Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti Turk tili fakulteti dekani, dotsent Jumali Shabanov tashkil etiladigan Ozarbayjon Tili fakulteti uchun o‘quv qo‘llanmalar va darsliklar masalasini muhokama qilishdi.

Uchrashuvda yangi fakultet faoliyatini kelasi yilning fevral oyidan boshlashga, shuningdek, sinov tariqasida darslarni olib borishga kelishib olindi. Ozarbayjon tili fakulteti Turk tili fakulteti negizida tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Jumali Shabanov avvalo, Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetining Turk tili kafedrasi uchun Ozarbayjon tili fakultetini tashkil etish bo‘yicha tashabbusni qo‘llab-quvvatlagani uchun Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markaziga alohida minnatdorchilik bildirdi. 2023-yilning birinchi yarmidan boshlab Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida ish boshlaydigan Ozarbayjon Tili fakulteti kelasi o‘quv yilida yanada kengaytiriladi, Ozarbayjondan malakali o‘qituvchilar hamda talabalar taklif etiladi. Shuningdek, Ozarbayjon adabiyoti va tarixi ozarbayjon tili bilan bir qatorda o‘qitiladi.

Samir Abbasov loyiha uchun O‘zbekiston davlatiga, Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetiga minnatdorlik bildirib, Ozarbayjon Tili fakulteti O‘zbekistonda faoliyat boshlashi ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarning yangi bosqichga chiqishi sifatida yuqori baholadi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sinov davrida Ozarbayjon tili darslari Ozarbayjon Madaniyat markazining til kurslari murabbiyi Salama Fataliyeva tomonidan olib boriladi. Bunda Ozarbayjon Madaniyat markazi ushbu fakultetni nashriyot, ko‘rgazmali qurollar, darsliklar bilan ta’minlashda yaqindan yordam beradi.

Tashkil etilajak Ozarbayjon tili fakultetining keyingi faoliyati, ozarbayjonlik o‘qituvchilar, mutaxassislarni ma’ruzalar va seminarlarga jalb qilish, shuningdek, o‘zbek talabalari uchun Ozarbayjon tilidan onlayn darslar o‘tish, Ozarbayjonning tegishli universitetlari bilan ushbu masala bo‘yicha muzokaralar olib borish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilishi ko‘zda tutilmoqda.

18.11.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint