Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Shavkat Mirziyoyevdan turkiy dunyo madaniyatiga bebaho tuhfa ‒ O‘zbek tilida 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” nashr etildi.


2019-yilning 15-oktabrida Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar Hamkorlik Kengashining VII sammitida ilgari surilgan takliflar asosida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari” turkumini tayyorlash hamda nashr etishga ko‘rsatma bergan edi.

Shu munosabat bilan, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan Toshkentning “O‘zbekiston” nashriyotida Turkiy davlatlarning shoir va yozuvchilari asarlarining 100 jildligi chop etildi.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Fanlar Akademiyasi tomonidan tayyorlangan turkumdan umumiy turkiy adabiyotning eng yaxshi namunalari, O‘zbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg'iziston, shuningdek, Turkmaniston va Vengriya adabiyotining 629 nafar atoqli shoir, yozuvchi va mutafakkirlarining asarlari joy oldi.

100 jildlik “Turkiy adabiyot durdonalari”ning 16 jildi Ozarbayjon adabiyoti vakillariga bag‘ishlanib, unda Nizomiy Ganjaviy, Imodiddin Nasimiy, Mahsatiy Ganjaviy, Afzaliddin Xoqoniy, Muhammad Fuzuliy, Mulla Panoh Voqif, Hayron xonim, Notavon, Sayid Azim Shirvoniy, Husayn Jovid kabi 200 ga yaqin mumtoz shoir va yozuvchilarning asarlari aks etgan.

Shuni qayd etish joizki, ushbu to‘plamdan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining tashabbusi bilan chop etilgan adabiyotlar hamda tarjima asarlar ham o‘rin olgan.

“Turkiy adabiyot durdonalari”da Muhammad Said Ordubadi. Muhammad Hodiy Mirza Alakbar Sobir, Jalil Mammadqulzoda, Samad Vurg‘un, Mirza Ibrohimov, Ahmad Javod, Sulaymon Rustam, Olmos Ildirim, Mikoyil Mushfiq, Rasul Rizo, Nabi Hazri, Baxtiyor Vahobzoda, Xalil Rizo, Anor, Ramiz Ravshan, Sobir Rustamxonli, Elchin, Yunus O‘g‘uz, Ramiz Askar, Salim Babillao‘g‘li, Feruz Mustafo, Ganira Pashayeva, Akbar Qoshali kabi ijodkorlarning ham ijod namunalaridan bahramand bo‘lish mumkin.

O‘zbekistondagi ushbu ulkan loyihani yaratishda 200 dan ortiq tarjimon, 100 dan ortiq adabiyotshunos va matnshunoslar, yozuvchilar, muharrirlar va rassomlar ishtirok etdi. Toshkentda chop etilgan to‘plam 200 ming nusxada nashr etilgani, quvonarlidir.

Joriy yilning 22-noyabr kuni O‘zbekiston Davlat Sharqshunoslik universitetida turkiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchixonalari va madaniyat markazlari ishtirokida ushbu loyiha va nashrlarning keng taqdimoti bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda Ozarbayjonlik ijodkorlarning ijod namunalari aks etgan jildlarni kitobxonlarga Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori, elchixonaning birinchi kotibi Samir Abbasov tanishtirishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu ulkan hamda xayrli loyiha O‘zbekistonning turkiy madaniyat va adabiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi hisoblanib, jamiyatda katta yutuqlarga zamin yaratishi shubhasiz.

Kelgusida ushbu loyihani yana davom ettirish, nafaqat turkiy davlatlar ijodkorlari, balki butun turkiy dunyo shoir va yozuvchilarining asarlarini nashr etish rejalashtirilmoqda.

21.11.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint