Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda Muslim Magomayev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida opera xonandasi, kino aktyori, bastakor, Ozarbayjon va Sobiq Ittifoq xalq artisti Muslim Magomayev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekistonning madaniyat, san’at xodimlari, ziyolilar, talabalar va universitet o‘qituvchilari, mahalliy ozarbayjonlar ishtirok etdi.

Avvalo, tadbir qatnashchilari Markaz foyesida tashkil etilgan Muslim Magomayev ijodiga bag‘ishlangan asarlar ko‘rgazmasi bilan tanishdilar.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining vakili Yusif Mammedov ishtirokchilarni qutlar ekan, Ozarbayjon xalqi Muslim Magomayevning ijodi bilan haqli ravishda faxrlanishini, uning qo‘shiqlari doimo Ozarbayjonga, olovlar yurtiga, Vatanga mehr-iftixor tuyg‘ularini jo etishini ta’kidladi. Ozarbayjon xalqining milliy lideri Haydar Aliyevning madaniyat haqida qayg‘urishi haqida gapirar ekan, u Muslim Magomayevning ijodiga alohida e’tibor qaratganini ta’kidladi.

Yusif Mammedov buyuk san’atkorning muxlislari haqida to‘xtalar ekan, O‘zbekistonlik opera xonandasi, “Registon” ansambli rahbari, Muslim Magomayevning muxlisi, uzoq yillardan buyon butun dunyo bo'ylab velosiped gastrollarini o‘tkazib kelayotgan ajoyib xonanda Xursand Sherov haqida ham qayd etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Xursand Sherov afsonaviy ijrochining ijodiga bo‘lgan muhabbati haqida gapirib, bu yil Muslim Magomayevning 80 yilligi munosabati bilan Toshkentdan Bokugacha 14 ming km. masofani bosib o‘tganini ’kidladi. U Sharaf xiyobonidagi Muslim Magomayevning qabriga gul qo‘yib, uning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda qatnashganini aytdi.

Shuningdek, ma’ruzachilar Muslim Magomayevning ijodi va ijrosi, betakror ovozi, madaniyatimizga qo‘shgan hissasi, xalqlar do‘stligi haqida ham so‘z yuritishdi.

Tadbir badiiy qismida opera xonandasi Xursand Sherov va xonanda Rana Azizova Muslim Magomayevning qo‘shiqlari, shuningdek, ozarbayjon va o‘zbek qo‘shiqlaridan ijro etishdi.

Yakunda Ozarbayjon xalqining sevimli farzandi Muslim Magomayev ijodini targ‘ib qilgani uchun Xursand Sherov Ozarbayjon Madaniyat markazi hamda Ozarbayjon elchixonasining maxsus diplomi bilan taqdirlandi.

22.11.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint