Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda Maqsud Shayxzoda tavalludining 114 yilligiga bag‘ishlangan “Ozodlikka intilgan shoir” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida yozuvchi, o‘zbek adabiyotining iste’dodli dramaturgi, ozarbayjonlik shoir, adabiyotshunos, jahon adabiyoti klassik asarlarining o‘zbek tiliga mohir tarjimalari muallifi, ustoz Maqsud Shayxzoda tavalludining 114 yilligiga bag‘ishlangan “Ozodlikka intilgan shoir” nomli tadbir o‘tkazildi.

Toshkent Davlat Transport universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan ushbu tadbirda Toshkentdagi oliy o‘quv yurtlari o‘qituvchi hamda talabalari, adabiyotshunoslar, mahalliy ozarbayjonliklar ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat markazi direktorining o‘rinbosari Nodir Alimirzoyev, avvalo, Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi, bosib o‘tgan mashaqqatli hayot yo‘li haqida to‘xtalib, bunday shaxslar faoliyati xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik ko‘prigini yanada mustahkamlashini ta’kidladi.

Shuningdek, Nodir Alimirzoyev Ozarbayjonda tug‘ilgan Maqsud Shayxzoda nomi O‘zbekistonda ham abadiylashtirilgani, Oqtosh viloyatidagi gimnaziyaga shoir nomiga berilgani, Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasi asosida O'zbekistonda yashagan Ozarbayjon xalqining taniqli vakillari xotirasini abadiylashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar, markaz ushbu yo‘nalishda muhim loyihalar amalga oshirilayotganini qayd etdi.

Toshkent Davlat Transport universiteti dekani Abdulla Sotivoldiev o‘z nutqida o‘zbek adabiyotining o‘lmas asarlarini yaratgan, ikki xalqning suyukli farzandi Maqsud Shayxzoda ijodi xalq orasida keng ommalashgani, o'zbek xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi haqida ulkan asar yaratgan Maqsud Shayxzoda haqli ravishda O‘zbek adabiyotining Shekspiri deb atalishini e’tirof etdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarkibidagi Adabiyot, til va folklor instituti direktori o‘rinbosari Manzura Otajonova bunday tadbirlarni o‘tkazish muhim ekani, barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati, yosh avlodda qardosh xalqlar madaniyatiga hurmat tuyg‘usini yanada kuchaytirajagini ta’kidladi.

So‘ngra, tadbir ishtirokchilariga Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasiga asosan Maqsud Shayxzodaga bag‘ishlangan “Ikki xalqning iftixori” hujjatli filmi namoyish etildi.

Unda adibning Ozarbayjondagi ilk faoliyatidan boshlab, O‘zbekistonda yashagan surgundagi yillari, pedagoglik faoliyati bilan bog‘liq davrlar aks etgani e’tiborlidir. Tarixiy faktlarga boy film yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Yakunda talabalar yozuvchining asarlaridan sahna ko‘rinishlar namoyish etib, she’rlaridan namunalar keltirishdi.

24.11.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint