Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
1 2 3 4 5 6 7
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Samarqand Davlat universitetida ozarbayjonlik olimning “Amir Temur fenomeni” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasiga ko‘ra ozarbayjonlik tarixchi olim, jurnalist Temur Atayevning “Amir Temur fenomeni” kitobi Toshkentdagi “Bilim va intellektual salohiyat” nashriyotida rus tilida nashr etilgan edi.

Samarqand Davlat universitetida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati rahbariyati, a’zolari, Samarqand Davlat universiteti professor-o‘qituvchilari va talaba xodimlari, kitob muallifi Temur Atayev, jurnalistlar ishtirok etdi.

Samarqand Davlat universiteti prorektori Muxtor Nosirov birinchi bo‘lib so‘zga chiqib, turkiy dunyo buyuk shaxslarni tarbiyalashi, ularning hayot yo‘li, qahramonliklarini o‘rganish, yosh avlodga yetkazish muhimligini ta’kidladi.

Professor Muxtor Nosirov bunday xayrli ishlar yoshlarimizni milliy vatanparvarlik va qahramonlik ruhida tarbiyalashda alohida ahamiyat kasb etishini e’tirof etdi.

Shuningdek, turkiy xalqning buyuk farzandi, o‘zbek xalqining faxri, yengilmas sarkarda Amir Temur haqida so‘z yuritar ekan, M. Nosirov ilmiy-ommabop uslubda yozilgan ushbu kitob professional tarixchilar, siyosatshunoslar, jurnalistlar, gumanitar fanlar fakulteti talabalari hamda keng kitobxonlar uchun kerakli asar ekanini alohida qayd etdi.

O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik jamiyati Ijrochi direktori Erkin Nuriddinov xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalar haqida gapirar ekan, biz turkiy xalqlarning Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zahiriddin Bobur kabi tarixiy shaxslari bilan faxrlanishimiz kerakligini ta’kidladi. Asar ahamiyati haqida gapirar ekan, u taqdim etilgan biografik eskizlarda muallif Temur shaxsining harbiy va siyosiy qarashlariga ta’sir etuvchi omillarni nazarda tutib, ushbu buyuk shaxsni “ochib berishga” harakat qilgani asosli ekanini aytib o‘tdi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti professori, O‘zbekiston Falsafa jamiyati rahbari Nigina Shermuhammedova so‘zga chiqib, avvalo, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markaziga loyiha uchun minnatdorchilik bildirdi. Nashrda ilk marta buyuk davlat arbobi hayoti va shaxsiyatining alohida lahzalari, shuningdek, uning tasavvuf, falsafa, geometriya, musiqa, jahon adabiyoti, san’ati va boshqa sohalarga qo‘shgan hissasi haiqda ham to‘xtalinganini ta’kidladi. Va bu asarni albatta, o‘zbek tiliga tarjima qilish zarurligiga urg‘u qaratdi.

Ta’kidlash joizki, So‘zboshi muallifi o‘zbek tarixchi-olimi Shuhrat Salomovdir.

Boshqa ma’ruzachilar Amir Temur haqida o‘quvchilarga taqdim etilgan biografik asarda Muallif Temur Atayev Amir Temurning buyuk shaxsining harbiy va siyosiy qarorlariga ta’sir etuvchi omillarga ishora qilib, bu g‘ayrioddiy insonning buyukligini, qahramonligini, shaxsiy fazilatlarini ochib berganini ta’kidladilar.

Tadbir so‘nggida, muallif, tarixchi olim Temur Atayev “Amir Temur fenomeni” kitobining yaratilishi haqida gapirib, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markaziga, ozarbayjonlik tadbirkor Nozim Musazodaga kitobni nashr etishda ko‘maklashgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Muallif o‘zbek va ozarbayjon xalqlari ildizi, tili, madaniyati, dini, tarixi bir xil bo‘lgan kuchli xalqlar ekanini ta’kidlab, bugungi xalqaro hamkorlik mamlakatlarimiz taraqqiyotiga xizmat qilayotganini ta’kidladi.

Xalqlarimizning qahramonlari, tarixiy shaxslarini chuqurroq o‘rganish, ularning merosini kelajak avlodlarimizga yetkazish va targ‘ib qilish muhimligi haqida so‘z yuritdi.

Muallif asarda Amir Temur yaratgan imperiya adolatli hukm surgani hamda buyukligi bilan ajralib turishini, ilm-fan va madaniyat parallel ravishda gullab-yashnagan bu qudratli markazlashgan Turon davlatini Sohibqirondan boshqa hech kim qura olmasligini ta’kidlaydi.. Xulosa qismida: “Turon” so‘zi haqiqiy siyosiy ma’noga ega ekanligini va Turkiston Temur hukmronligi ostidagi mustaqil saltanat ekanligidan faxrlanadi. U Temur hukmronligining eng muhim ajralib turadigan xususiyati uning adolati ekanligini va hukmdorning rejalarida fath qilingan xalqlarga qarshi umuman “qatag‘on” va “genotsid” tushunchalari bo‘lmaganligini qayd etadi.

Taqdimot yakunida Temur Atayev “Amir Teymur fenomeni” kitobini dastxati bilan kitobxonlarga hamda kitob nusxalari Samarqand Davlat universiteti kutubxonalariga sovg‘a qilindi.

Ta’kidlash joizki, “Amir Temur fenomeni” kitobining nashr etilishi ozarbayjonlik tadbirkor Nozim Musazodaning O‘zbekistondagi moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirildi.

29.11.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint