Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon va Turkiya O'zbekistonda madaniyat sohasida qo'shma loyihalarni amalga oshiradilar.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori, Ozarbayjon elchixonasining birinchi kotibi Samir Abbosov Turkiya elchixonasining birinchi kotibi, diplomat Bug'ra Dog'an bilan uchrashdi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazida bo'lib o'tgan uchrashuvda Samir Abbosov o'zi boshchiligidagi Markaz faoliyati, Ozarbayjon va qardosh Turkiya o'rtasidagi, shuningdek, davlat rahbarlarimiz o'rtasidagi yuqori darajadagi munosabatlar haqda to'xtalib, turkiy dunyo o'rtasidagi madaniy loyihalar, Ozarbayjon yerlarini Armaniston tomonidan bosib olinishi natijasida mamlakatimizga yetkazilgan zarar, vandalizm, madaniy yodgorliklarimizni yo'q qilish va boshqalar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Bug'ra Dog'an qardosh Ozarbayjon bilan munosabatlar va tarixiy aloqalar haqida so'z yuritar ekan, yerlarimizni ishg'oldan ozod qilish, shuningdek, g'alaba munosabati bilan o'z tabriklarini bildirdi.

Buyuk rahbarlar Mustafo Kamol Otaturk va Haydar Aliyevning Turkiya-Ozarbayjon qardoshligi haqidagi so'zlarini eslab, diplomatlar davlatlarimiz o'rtasidagi yuksak darajadagi strategik sheriklikdan mamnun yekanliklarini bildirdilar.

Bundan tashqari, O'zbekistonda Madaniyat sohasida qo'shma hamkorlik, loyihalarni amalga oshirish, turkiy dunyoning madaniy poytaxtlari bo'lgan Xiva, Bursa, Shusha shaharlarida tadbirlarni tashkil etish, Ozarbayjon-o'zbek-turk konferentsiyasi va mashhur Ozarbayjon shoiri Ahmad Javodning 130 yilligi munosabati bilan Ozarbayjon-O'zbekiston-Turkiya konferensiyasi va do'stlik kontsertining tashkili, "Kitobi Dada Qo'rqut" eposiga doir loyiha, Toshkentda "23 nisan Jojuk bayrami" loyihasi, shuningdek, Toshkentdagi Turk maktabi bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Samir Abbosov Bug'ra Dog'anga Ozarbayjon Madaniyat Markazi qilayotgan ishlar, milliy madaniyatimiz va tariximiz doir yaratilgan muzeylar bilan tanishtirdi va bu haqda ma'lumot berdi.

18.02.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint