Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda “Istiqlol shoirlarimiz Ahmad Javod, Abdulla Oripov, Mehmet Akif Ersoy Ozarbayjon-O‘zbekiston-Turkiya xalqaro konferensiyasi va Do‘stlik konserti o‘tkaziladi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi asosida bu yil taniqli Ozarbayjon shoiri Ahmad Javod tavalludining 130 yilligi munosabati bilan bir qator tadbirlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi bilan shoirning bir qator asarlari tanlab olinib, tarjimon Shahlo Qosimova tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan edi.

Nashr kitobxonlar ishtirokida Bokuda bo‘lib o‘tgan xalqaro kitoblar ko‘rgazmasida namoyish etildi hamda joriy yilning 8-dekabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida ham taqdimoti o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Xalq cholg‘ulari orkestri Ahmad Javod asarlari asosida maxsus konsert dasturini tayyorladi.

Konsert dasturida O‘zbekiston Davlat konservatoriyasining musiqali-teatr studiyasining Xor Kapellasi Ozarbayjon-O‘zbekiston-Turkiya davlat madhiyalarini ijro etishi ko‘zda tutilayotir.

Shuningdek, tadbirda O‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri Ahmad Javodning “Jon Ozarbayjon”, “Turkiya bayrog‘i”, “Shukriya”, “Lolalar”, Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni”, “Ulug‘imsan Vatanim", shuningdek, Mehmet Akif Ersoy asarlarini ijro etadi.

Joriy yilning 9-dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida olimlar va tadqiqotchilar ishtirokida “Istiqlol shoirlarimiz Ahmad Javod, Abdulla Oripov, Mehmet Akif Ersoy” xalqaro anjumani bo‘lib o‘tadi.

Universitetning Markaziy foyesida “Turkiston va Kavkazning noyob tarixiy xaritalari” Ozarbayjon-O‘zbekiston-Turkiya ko‘rgazmasining ochilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining xabar berishicha, ko‘rgazmada Markaziy Osiyo, shuningdek, Kavkazning qadimgi davrlarga, O‘rta asrlarga, shuningdek, Sovet davriga oid tarixiy xaritalari va mustaqillik uchun kurash fotosuratlari namoyish etiladi.

Ta’kidlash joizki, tadbir O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Davlat konservatoriyasi, shuningdek, Turkiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi, Anqaradagi Turkiya tarixi va madaniyati fondi tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda.

02.12.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint