Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Majlisi-faromushon” Ozarbayjon-O‘zbekiston shoirlarining
navbatdagi she’riyat uchrashuvi o‘tkazildi


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va loyihasiga ko‘ra, Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi, Ozarbayjon va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Butunjahon Yosh Turk Yozuvchilar Uyushmasi, “O‘zbekiston-Ozarbayjon” Do‘stlik jamiyati ko‘magida joriy yilning mart oyidan start berilgan Ozarbayjon va O‘zbekiston yosh shoirlari ishtirokida “Majlisi-faramushon” nomli navbatdagi she’riyat uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Onlayn formatda bo‘lib o‘tgan she’riyat uchrashuvida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov so‘zga chiqib, u rahbarlik qilayotgan markaz tashabbusi va loyihasi, shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti IlhomAliyevtarafidan 2022yilni “Shushiyili” deb e’lon qilinishi munosabati bilan ikki asrdan keyin qayta tiklangan va Ozarbayjon va O‘zbekistonning yosh shoirlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Majlisi-faromushon” she’riyat kechasi haqida ma’lumot berdi.

Bunday she’riyat uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad, ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy va adabiy aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish, ikki mamlakatda she’riyat olamidagi yangi iste’dodlarni aniqlash, Ozarbayjonning Qorabog‘ viloyati, Shusha shahri naqadar boy madaniy boylikka ega ekanligita’kidlandi.

Samir Abbasov “Majlisi-faromushon” shoirlar she’riyat kechasining rasmiy ochilish marosimi joriy yilning 17-aprelida madaniyatimiz poytaxti Shusha shahrida bo‘lib o‘tganini alohida qayd etib, kelgusi yildan boshlab Ozarbayjon Madaniyat vazirligi, Turk Tarix va Madaniyati Fondi ko‘magida Shushada barcha turkiy davlatlar ishtirokida shoirlar Assambleyasining maxsus yig‘ilishi tashkil etilishini ta’kidladi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktorining ta’kidlashicha, Ozarbayjon Madaniyat markazining “Shushi yili” loyihasi tufayli taniqli shoiramiz Xurshidbonu Notavonning asarlari ozarbayjon va o‘zbek tillarida nashr etilgan bo‘lsa, 2022-yil “Majlisi-faromushon”da qatnashgan ozarbayjon hamda o‘zbek shoirlarining asarlari kelgusi yilda to'planib nashr etilishiga urg‘u qaratdi.

Oliy Majlis deputati, xalq shoiri Iqbol Mirzo ushbu tarixiy loyihani tashkil etgani uchun Ozarbayjon Madaniyat markaziga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Deputat Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi tarixiy va madaniy aloqalar qadim zamonlardan boshlanganini, barcha turkiy xalqlar adabiyotining buyuk vakili, shoir, olim Alisher Navoiy Nizomiy Ganjaviyni o‘zining ustozi, ilhom manbai deb bilganini, Ozarbayjon xalqi yuksak iste’dodi, boy madaniy va adabiy an’analariga ega ekanligini ta’kidladi. Iqbol Mirzo “Majlisi-faromushon” shoirlar to‘plamini turkiy dunyo adabiyotini rivojlantirish, adabiy aloqalar uchun ajoyib platforma deb atagan holda, nafis majlis kelajakda yangi iste’dodlarning paydo bo‘lishiga hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, shoir o‘z nutqida Ozarbayjon xalqini ajdodlar yurti arman istilosidan ozod etilgani bilan tabrikladi va kelasi yili Shushada turkiy dunyo shoirlari ishtirokida tadbir o‘tkazilishini tarixiy voqea sifatida baholadi.

Ozarbayjon Respublikasi xalq shoiri, Ozarbayjon Yozuvchilar va Jurnalistlar uyushmasi a'zosi Vohid Aziz ham tadbirda so‘zga chiqib, Ozarbayjon va O‘zbekistonning yosh shoirlari ishtirokida qayta yaratilgan “Majlisi-faromushon” shoirlar to‘plamini yuqori baholab, xalqlarimiz o‘rtasidagi adabiy aloqalar va tarixiy do‘stlik haqida to‘xtalib o‘tdi. Xalq shoiri davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarning yuksak darajasini ta’kidlab, oradan 28 yil o‘tib, Oliy Bosh qo‘mondon, Prezident Ilhom Aliyev boshchiligidagi Ozarbayjonning shonli armiyasi Vatan tuproqlarini ozod qilganini ta’kidladi.

U tadbirni she’riyat bayrami deb atadi va qayerda she’riyat, san’at, so‘z bo‘lsa, o‘sha yerda bir-birini anglash, sevgi, baxt bo‘lishini e’tirof etdi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Nurboy Jabborov o‘z ma’ruzasida ushbu tarixiy loyihaning tiklanishini ulkan adabiy voqea deb atab, boy she’riyatga ega xalqlarimiz o‘z adabiyoti bilan faxrlanishi kerakligi, shoirlarimiz orasida bunday uchrashuvlarni o‘tkazish muhimligini qayd etdi. Samarqand shahrida Turkiy Davlatlar Tashkilotining IX- sammiti va ushbu sammitning muvaffaqiyatli o‘tkazilishi Ozarbayjon-O‘zbekiston va umuman turkiy davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarning yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarilishiga xizmat qilganini ta’kidladi.

Shundan so‘ng, har ikkala mamlakat shoirlari “Majlisi-faromushon” uchun o‘z she’rlaridan o‘qib, yig‘ilganlar hukmiga havola qilishdi.

Ozarbayjon shoirlari Elmaddin Nijat, Aysel Xonlarqizi Safarli, Hayala Sevil, Yusuf Nozim Arabsoy, Vusal Yurdog‘lu, o‘zbek shoirlari Kumush Abdusalomova, Shahriyor Shavkat, Sevinch Avazova, Madina Norchayeva, Shahzod Shodmonovlar “Majlisi-faromushon” she’riyat kechasida faol ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joizki, Ozarbayjon tomonidan Majlis moderatori sifatida Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Prezident stipendiyasi sohibi, shoir Fuad Jafarli qatnashgan bo‘lsa, O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Nargiza Asadova ishtirok etdi.

05.12.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint