Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg24
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda “Istiqlol shoirlarimiz
Ahmad Javod, Abdulla Oripov, Mehmet Akif Ersoy
Ozarbayjon-O‘zbekiston-Turkiya do‘stlik konserti” o‘tkazildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida bu yil taniqli ozarbayjon shoiri Ahmad Javod tavalludining 130 yilligi munosabati bilan bir qator tadbir va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining buyurtmasiga binoan O‘zbekiston Xalq cholg'ulari orkestri Ahmad Javod asarlari asosida maxsus konsert dasturini tayyorladi.

Joriy yilning 9-dekabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan konsertda O‘zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Ozarbayjon, Turkiya elchixonalari diplomatlari, O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik Jamiyati rahbariyati, O‘zbekistonning taniqli fan, madaniyat, ta’lim sohasi vakillari, o‘qituvchi va talabalar hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Tadbirni eng avval Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti rektori, professor Abdug‘afforQirg‘izboyev kirish so‘zi bilan ochib, turkiy davlatlar o‘rtasidagi aloqalar kun sayin mustahkamlanib borayotgani, tili, dini, madaniyati, urf-odatlari bir xil bo‘lgan xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik haqida batafsil to‘xtaldi. Shuningdek, rektor ozarbayjon shoiri Ahmad Javod tavalludining 130 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan konsert dasturi istiqlol shoirlari, davlat madhiyalari mualliflari Ahmad Javod, Abdulla Oripov, MehmetAkifErsoyga bag‘ishlanganini ta’kidladi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori SamirAbbasovOzarbayjonTurkiy davlatlar bilan, xususan, O‘zbekiston bilan munosabatlarga alohida ahamiyat berayotganini ta’kidlab, davlat rahbari Ilhom Aliyevning qardosh mamlakatga yil davomida 3 marta tashrif buyurgani, ushbu uchrashuvlar O‘zbekiston bilan olib borilayotgan barcha sohalarda bo‘lgani kabi, madaniy aloqalarni ham yanada rivojlantirishiga hissa qo‘shajagini qayd etdi. U bu yil Ozarbayjondabuyuk shoirimiz Ahmad Javod tavalludining 130 yilligi nishonlanayotgani, shoirning davlat atributi hisoblanmish madhiya matni yuksak she’riyat tilida ijro etilayotganiga ham urg‘u qaratdi. Diplomat xalqimizning ma’naviyat yetakchilari bo‘lgan Ahmad Javod, Abdulla Oripov, MehmetAkifErsoy ijodida o‘xshashliklar ko‘pligini ta’kidlab, davlatiga, istiqlolga sodiq qolgan bu fidoyi ziyolilar bilan har bir vatandoshi faxrlanishi kerakligiga e’tibor qaratdi.

Shuningdek, SamirAbbasov Ahmad Javodning uch rangli bayrog‘imiz va vatanparvarlik ruhida yozilgan she’rlari bugungi kunda ham dolzarbligini ta’kidlab, ayniqsa, bu bayroq 28 yildan keyin Armaniston istilosidan ozod qilingan madaniy poytaxtimiz Shushada hilpirayotganidan faxrlanajagini qayd etdi.

Turkiyaning O‘zbekistondagi Elchixonasi kotibi Bug‘raDog‘an, Anqaradagi Turk tarixi va madaniyati jamg‘armasi rahbari NizomittinAyqurt o‘z chiqishlarida do‘stlik konserti g‘oyasini yuqori baholab, Ozarbayjon Madaniyat Markaziga loyiha uchun minnatdorchilik bildirishdi. So‘zga chiqqanlar bu uch istiqlol shoirining asosiy istaklari turkiy olamning yaqinligi, millatimizning mustaqilligi ekanligi, ular tomonidan yozilgan davlatlarimizning milliy madhiyalari Vatanga muhabbat va Turkiy xalqlarningistiqlolga bo‘lgan ishonchini ifoda etib, mustaqillik istagini abadiyatga muhrlashini ta’kidlashdi.

Shundan so‘ng O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi Xalq Cholg‘ulari orkestri ijrosida do‘stlik konserti boshlandi. Avvalo, orkestr tomonidan O‘zbekiston-Ozarbayjon va Turkiya davlat madhiyalari ijro etildi.

Konsertda orkestr ijrosida Ahmad Javodning “Jon Ozarbayjon”, “Chayqaladi Qora dengiz”, “Shukriya”, “Lolalar”, Abdulla Oripovning “Men nechun sevaman O‘zbekistonni”, “Ulug‘imsan Vatanim”, shuningdek, MehmetAkifErsoyning bir qator asarlari tomoshabinlar hukmiga havola qilindi.

Konsert dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, dirijor Feruza Abdurahimova rahbarligida bir qator o‘zbek san’atkorlari, xalqaro tanlovlar laureatlari LazizUsmonov, OtabekNazarov, Qahramon Bozorov, Sanjar Qodirov, BozorbekXolmo‘minovlar uch ijodkor asarlari asosida kuy va qo‘shiqlar ijro etishdi.
Tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirib, davomli qarsaklar ostida o‘tdi.

10.12.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint