Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda buyuk lider Haydar Aliyev xotira kuniga
bag‘ishlangan marosim o‘tkazildi


Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasi va uning qoshidagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi hamkorligida Ozarbayjon xalqining buyuk farzandi, davlatchiligimiz tarixiga beqiyos hissa qo‘shgan yorqin shaxs, mashhur siyosatchi, milliy lider Haydar Aliyevni xotirlash kuniga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Marosimda elchixona va Madaniyat Markazi xodimlari, mahalliy ozarbayjonliklar, Ozarbayjon diasporasi a’zolari hamda jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastlab mamlakatimizning O‘zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev va mehmonlar elchixona qoshidagi Buyuk rahbar Haydar Aliyev byustiga gul va gulchambarlar qo‘yib, hurmat bajo keltirishdi. So‘ngra, buyuk liderning hayoti va mehnat faoliyatiga bag‘ishlangan “Haydar Aliyev va O‘zbekiston” nomli ko‘rgazma tadbir ishtirokchilari hukmiga havola qilindi.

Marosimda Husayn Guliyev milliy rahbar Haydar Aliyevning hayoti va faoliyati haqida to‘xtalar ekan, uning Vatan va xalq oldidagi xizmatlari beqiyos ekani, bu buyuk shaxs xotirasi har bir ozarbayjonlikning qalbida umrbod barhayotligini qayd etdi. Shuningdek, diplomat bugungi kunda zamonaviy va mustaqil Ozarbayjon Prezident Ilhom Aliyev rahbarligida rivojlanish yo‘lini munosib davom ettirayotgani, 44 kunlik ozodlik urushida aynan Ilhom Aliyevning tashabbusi hamda irodasi ila Vatan tuproqlari arman bosqinchilari zulmidan xalos bo‘lganiga alohida urg‘u qaratdi.

So‘zining yakunida elchi Husayn Guliyev Prezident Ilhom Aliyev otasi, millat lideri Haydar Aliyev tomonidan amalga oshirilgan islohotlardan ilhomlangan holda bugungi Ozarbayjonni adolatli hamda muvaffaqiyatli boshqarayotganidan faxrlanishini ta’kidladi.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan boshqa mehmonlar ham buyuk rahbar haqida o‘z fikr va mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, hayotini o‘z xalqiga fidokorona xizmat qilishga bag‘ishlagan ushbu buyuk shaxsga hurmat va ehtiromini bildirishdi.

12.12.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint