Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg24
  • bg1
  • bg2
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda “Istiqlol shoirlarimiz, davlat madhiyalarimiz mualliflari Ahmad Javod, Abdulla Oripov, Mehmet Akif Ersoy” xalqaro konferensiyasi va “Men haqiqat ovoziman” she’rlar to‘plamining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi ila bu yil qardosh mamlakatda taniqli ozarbayjon shoiri Ahmad Javod tavalludining 130 yilligi munosabati bilan bir qator tadbirlar va loyihalar amalga oshirilmoqda.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida “Istiqlol shoirlarimiz, davlat madhiyalarimiz mualliflari Ahmad Javod, Abdulla Oripov, Mehmet Akif Ersoy” xalqaro konferensiyasi va Ahmad Javodning o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Men haqiqat ovoziman” she’rlar to‘plamining taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Ozarbayjon, Turkiya elchixonalari diplomatlari, O‘zbekiston davlati va hukumati vakillari, O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik Jamiyati rahbariyati, taniqli fan, madaniyat, ta’lim arboblari, o‘qituvchi va talabalar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastavval, tadbir ishtirokchilari Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida universitetda tashkil etilgan “Nizomiy nomidagi tadqiqot markazi” bilan yaqindan tanishdilar. Ta’kidlash joizki, ushbu markazdan Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan chop etilgan o‘zbek tilidagi nashrlar, Ozarbayjon haqidagi kitoblar to‘plami, shoir va yozuvchilarimiz portretlari, milliy suvenirlar o‘rin egallagan.

So‘ngra, universitetning markaziy foyesida Ozarbayjon Madaniyat Markazi hamda Anqaradagi Turk tarixi va madaniyati fondi tashabbusi ila “Turkiston va Kavkazning noyob tarixiy xaritalari” nomli Ozarbayjon-O‘zbekiston-Turkiya ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Ko‘rgazmada qadimgi Ozarbayjon davlatlari hududlarini aks ettiruvchi tarixiy, asrlar davomida turklar yashagan hududlar jo bo‘lgan, buyuk geograflar tomonidan yaratilgan Sharqiy Turkiston, Markaziy Osiyo xaritalari, bugungi turkiy davlatlarni aks ettiruvchi, Kavkazining qadimgi davri, o‘rta asrlar, shuningdek, Sovet davriga qadar yaratilgan hamda istiqlol davriga oid tarixiy xaritalar yig‘ilganlar e’tiborga havola qilindi.

Anjumanda kirish so‘zi bilan chiqish qilgan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti rektori, professor Abdug‘affor Qirg‘izboyev davlat madhiyalari mualliflari Ahmad Javod, Abdulla Oripov, Mehmet Akif Ersoyning Vatan oldidagi tarixiy xizmati ulkan ekaniga alohida e’tibor qaratdi.

U o‘zbek, ozarbayjon va turk xalqlarining milliy ramzlari haqida to‘xtalib, xususan, davlat madhiyasi haqida ma’lumot berdi. Uch mamlakatning madhiyalari yaratilishida shoirlarimizning, madhiya mualliflarining ko‘rsatgan jonbozliklari tahsinga sazovor ekanini yana bir bor ta’kidladi.

Rektor Ahmad Javodning o‘zbek tiliga tarjima qilingan “Men haqiqat ovoziman” kitobi qardosh xalq she’riyati bilan yaqindan tanishtirganini qayd etib, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga minnatdorlik bildirdi. O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov uch mamlakatning abadiy shoirlari ‒ Ahmad Javod, Abdulla Oripov va Mehmet Akif Ersoy asarlari haqida to‘xtalib, tariximiz va adabiyotimizning ushbu ulug‘vor sahifasini o‘rganish va tadqiq etish katta sharaf ekanini ta’kidladi. Samir Abbosov butun umri davomida mustaqilligimizga sodiq qolgan, madhiyalarimizni yozib, abadiylikka erishgan har uchala shoirning asarlari Vatanimiz ozodligi, xalqimizning buyukligi, purviqor bayroqlarimizning tarannumi bilan bir ma’no aks etishini e’tirof etdi.

Diplomat bu yil Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning qaroriga muvofiq, Ozarbayjon adabiyotining taniqli vakili, buyuk shoir, taniqli pedagog va jamoat arbobi Ahmad Javod tavalludining 130 yilligi nishonlanayotgani, Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida shoirning she’rlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilganiga urg‘u berdi.

Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi kotibi Bug‘ra Dog‘an Mehmet Akif Ersoy tomonidan yozilgan davlat madhiyasi noyob qahramonlik dostoni, turk ozodlik kurashi ruhi va ramzi ekanligini ta’kidladi. Diplomat o‘z nutqida bugun Ahmad Javodning she’ri asosidagi “Chayqalardi, Qora dengiz” qo‘shig‘i Shushada g‘urur va tantana bilan ijro etilayotganini qayd etib, xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy va adabiy aloqalar kun sayin kengayib borayotganidan mamnun ekanini bildirdi.

Anqaradagi Turk Tarixi va Madaniyati fondi rahbari Nizomiddin Oyqurt jamg‘arma tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar haqida to‘xtalib, har uchala shoirning ijodi xalqlarimiz uchun ulug‘ ne’mat ekaniga e’tibor qaratdi. Ahmad Javad ijodi qardosh Turkiyada ham sevib o‘qilajagini, bunday shaxslar abadiylikka daxldor ekanini ta’kidladi.

TIKAning O‘zbekiston vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tunay, universitetning o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri Feruza Burxonova, Ahmad Javodning “Men haqiqat ovoziman” she’rlar kitobi tarjimoni Shahlo Qosimova, universitetning o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Dilafruz Kalandarovalar istiqlol shoirlari ijodi haqida to‘xtalib, ular ijodida ko‘plab umumiylik mujassam ekaniga e’tibor qaratishdi.

Ma’ruzachilar bu kabi tadbirlar qardosh turkiy xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamlab, adabiyotimizni dunyoga tanitishga xizmat qilishini ta’kidlashdi

Tadbir yakunida “Men haqiqat ovoziman” she’rlar kitobining taqdimoti o‘tkazilib, ishtirokchilarga tarqatildi. Qayd etish joizki, kitobdan shoirning Vatanga muhabbat, istiqlol, bayroq, sevgi mavzusidagi ozarbayjon va o‘zbek tillaridagi she’rlari joy olgan.

13.12.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint