Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
1 2 3 4 5 6 7
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda “Turkiston va Kavkazning noyob tarixiy xaritalari” nomli Ozarbayjon-O‘zbekiston-Turkiya ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Anqaradagi Turk tarixi va Madaniyati fondi loyihasi asosida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti markaziy foyesida “Turkiston va Kavkazning noyob tarixiy xaritalari” nomli Ozarbayjon-O‘zbekiston-Turkiya ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmada ko‘p asrlar mobaynida turkiylar yashagan hududlarni aks ettiruvchi xaritalar, Sharqiy Turkiston, buyuk geograflarning Markaziy Osiyo, bugungi turkiy davlatlar, qadimgi Ozarbayjon davlatlari hududlarini aks ettiruvchi tarixiy xaritalar, Kavkazning eng qadimgi, o‘rta asrlar, shuningdek, Sovet davriga qadar tarixiy xaritalari hamda mustaqillik uchun kurashga bag‘ishlangan fotosuratlar namoyish etildi.

Taqdimot marosimida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Turkiya elchixonasi diplomatlari, O‘zbekiston hukumati vakillari, O‘zbekiston-Ozarbayjon Do‘stlik Jamiyati rahbariyati, ilm, madaniyat, ta’lim sohasining ko‘zga ko‘ringan namoyandalari, o‘qituvchi va talabalar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Ko‘rgazmada O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Anqaradagi Turk tarixi va Madaniyati fondi xaritalari to‘plamlaridan foydalanildi.

13.12.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint