Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda Ozarbayjon tili fakulteti va “Haydar Aliyev auditoriyası” ochiladi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va loyihasi bilan Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universitetining Filologiya fakulteti Turkshunoslik kafedrasi qoshida Ozarbayjon tili yo‘nalishi tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Kecha Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasovni qabul qildi va universitetda tomonlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitetda tashkil etilayotgan Ozarbayjon tili yo‘nalishiga aloqador istiqboldagi rejalar, bu masalada O‘zbekiston va Ozarbayjon tomonlarini qo‘llab-quvvatlovi zarurligi qayd etilib, bir qator masalalar muhokama qilindi va fikr almashildi.

Gulchehra Rixsiyeva davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar yuksak darajaga ko‘tarilganini, ta’lim sohasida katta yutuqlarga erishilganini ta’kidladi. U 2020-yilda universitetda Turkshunoslik kafedrasi tashkil etilgani va hozirda muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini qayd etib, ushbu fakultet negizida Ozarbayjon tili yo‘nalishini tashkil etish rejalashtirilayotganiga urg‘u qaratdi. Rektor bu yo‘nalishda Ozarbayjon tomonining tegishli yordami zarur ekanini ta’kidladi.

Rektorning qayd etishicha, 2023-yilning fevral oyidan boshlab universitetning Ozarbayjon tili yo‘nalishida darslar sinov muddati sifatida boshlanadi va yangi o‘quv yilidan boshlab ushbu yo‘nalishga qabul e’lon qilinadi hamda darslar rasmiy ravishda sentabr oyidan boshlanadi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida Ozarbayjon tili yo‘nalishini tashkil etishni qo‘llab-quvvatlagani uchun rektor Gulchehra Rixsiyevaga minnatdorchilik bildirdi. S.Abbasovning ta’kidlashicha, Ozarbayjon Madaniyat markazi tashkil etiladigan yo‘nalishda darslarni o‘tkazish uchun ko‘rgazmali qurollar, nashrlar, o‘qituvchilar va mutaxassislar bilan ta’minlashda tegishli yordam ko‘rsatadi.

Diplomat Samir Abbasov suhbat davomida Ozarbayjon xalqining buyuk farzandi, Umummilliy lider Haydar Aliyevning 2023-yilda 100 yilligi keng nishonlanishi va keyingi yil Ozarbayjonda Prezident Ilhom Aliyevning farmoni bilan “Haydar Aliyev yili” deb e’lon qilinganiga urg‘u qaratdi.

U Buyuk rahbar Haydar Aliyevning Ozarbayjon-O‘zbekiston do‘stligi, davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yuksak saviyaga ‒ strategik hamkorlik darajasiga ko‘tarishdagi beqiyos xizmatlarini inobatga olib, Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida tashkil etilayotgan Ozarbayjon tili yo‘nalishi tinglovchilari uchun ajratilgan auditoriyaga Haydar Aliyev nomini berishni taklif qildi va taklif universitet rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Samir Abbasov “Haydar Aliyev auditoriyasi” ko‘p funksiyali auditoriya, kutubxona, til o‘rganish sharoiti, ochiq darslar, onlayn ma’ruzalar, Ozarbayjon davlati yutuqlari, tariximiz, davlatchiligimiz, milliy madaniyatimizga bag‘ishlangan burchaklar, hujjatli va badiiy filmlar namoyishi bilan ta’minlanajagini ta’kidladi.

Diplomat O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi ila Ozarbayjon tilini o‘rganish maqsadida mutaxassislar tomonidan maxsus onlayn portal, shuningdek, nashrlar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilayotgani hamda ushbu loyiha yaqin orada yakunlanishini bildirdi. U ushbu loyihaning Ozarbayjon tili fakulteti uchun muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Muhokamadan so‘ng, universitetning Ozarbayjon tili yo‘nalishi uchun ajratilgan binolar, Turkshunoslik kafedrasi uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar va kutubxona ko‘zdan kechirildi.

Tomonlar Ozarbayjon tili darslari o‘tkaziladigan “Haydar Aliyev auditoriyasi” uchun maxsus zalni tanladilar.

22.12.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint