Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda ozarbayjonlik bolalar uchun dunyo ozarbayjonliklari birdamligi kuni va Yangi yil bayramiga bag‘ishlangan bayram bo‘lib o‘tdi


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Respublika Ozarbayjon Milliy Madaniyat Markazi Xotin-Qizlar Kengashi bilan birgalikda Toshkentda yashovchi ozarbayjonlik bolalar uchun yangi yil bayramini o‘tkazdi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida tashkillashtirilgan tadbirda 200 ga yaqin ozarbayjonlik, o‘zbek bolajonlar ishtirok etdi.

Tadbir doirasida Madaniyat Markazi foyesida bolalar va o‘smirlarga Ozarbayjonning 2022-yildagi yutuqlariga bag‘ishlangan ko‘rgazma namoyish etildi.

Bundan tashqari, foyeda bolajonlarni ko‘rkam qilib bezatilgan archa daraxti va qish kelishidan darak beruvchi Qorbobo kutib oldi.

Tadbirni O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktor o‘rinbosari Nodir Alimirzayev kirish so‘zi bilan ochib, bolalarni yangi yil bayrami bilan tabrikladi. Ularga sog‘lik, darslarda a’lo baholar hamda ota-onalarga quvonch tiladi. Shuningdek, u bolalarga yangi yil tarixi haqida gapirib berdi.

O‘rta maktab o‘quvchisi Ali Abbosli ozarbayjon bastakori Fikrat Amirovning asarlaridan parchalar, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida faoliyat yuritayotgan “Xizmat ko‘rsatgan artist Kaykep Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari” raqs ansambli a’zolari tomonidan milliy raqslar ijro etildi.

So‘ngra, sahnalashtirilgan bayramona spektakl namoyish etilib, Qorbobo, Qorqiz, multfilm qahramonlari bolalarga yoqimli daqiqalarni tuhfa qilishdi. Bayramda bolalar yangi yil haqida she’rlar aytib, qo‘shiqlar kuylab, raqsga tushishdi.

Bayram tadbirida turli viktorinalar o‘tkazilib, g‘oliblarga sovg‘alar topshirildi. Yakunda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Respublika Ozarbayjon Milliy Madaniyat markazi tomonidan bolajonlarga yangi yil sovg‘alari taqdim etildi.

29.12.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint