Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda Xalqaro Ona tili kuniga bag'ishlangan tadbirda
Ozarbayjon tili va madaniyati namoyish etildi.


Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat universitetida Xalqaro Ona tili kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekistonning qator elchixonalari, Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi vakillari, universitet professor-o'qituvchilari, talabalar ishtirok yetdi.

Tadbirni universitet rektori, professor Ilhom Sobirov ochib berar ekan, Xalqaro Ona tili kunining ahamiyati haqidat o'xtaldi. Uning ta'kidlashicha, butun dunyoda ushbu bayram 21 fevral kuni nishonlanadi. Birlashgan Millatlar tashkiloti bu bayramni 1999 yilda Bangladesh elchisi tashabbusi bilan tan olgan. YUNESKO Bosh konferensiyasida 21 fevral Xalqaro Ona tili kuni deb e'lon qilindi.

Ta'kidlanishicha, ushbu bayram 1952-yilda Pokistonda bengal tili taqiqlanishiga qarshi norozilik namoyishlari va to'rt qurbon xotirasiga hurmat belgisi sifatida o'tkaziladi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi vakili Yusif Mammadov ozarbayjon tilining boyligi haqida so'z yuritib, ona tili muqaddas, mustaqil davlatlarimiz ramzi ekanligini ta'kidladi, buyuk ozarbayjon shoiri Baxtiyor Vahobzodaning "Ona tili" she'ri haqida so'zlab berdi. U ulug' rahbar Haydar Aliyevning so'zlarini keltirdi: "Millatning milliyligini asragan uning tilidir. Shubhasiz, musiqa, adabiyot va tarixiy yodgorliklar ham millatning milliyligini tasdiqlaydi. Ammo millat milliyligining birinchi tasdig'i uning tilidir.”

Tadbirda turli mamlakatlar vakillari o'z ona tili haqida fikr-mulohazalar bildirishdi, o'z tillarida she'rlar aytishdi.

Marosimning badiiy qismida turli millatlarning qo'shiq va raqslari ijro etildi. Ozarbayjon Madaniyat Markazidagi "Xizmat ko'rsatgan artist Kaykep Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli a'zolari raqslarimizni, Ilhom Abdullayev esa qadimiy xalq kuylarini ijro etdi.

Tadbirda faol ishtiroki uchun Ozarbayjon Madaniyat Markazi diplom bilan taqdirlandi.

23.02.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint