Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Vikipediyada o'zbek tilida “Zangazur yo'lagi” deb nomlangan yangi bo'lim yaratildi.


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining navbatdagi loyihasi bilan “Vikipediya” xalqaro elektron ensiklopediyasida Ozarbayjonning asosiy qismini Naxchivon Avtonom Respublikasi bilan bog'laydigan, shuningdek, Naxchivon bilan Turkiyani, Yevropa bilan Markaziy Osiyo va Xitoyni bog'lovchi “Zangazur yo'lagi” haqida o'zbek tilida yangi bo'lim ishga tushirildi.

Bo'limda Zangazur yo'lagi Terter va Arpa daryolarining yuqori oqimidan Araz daryosigacha cho'zilgan, uzunligi taxminan 130 km, balandligi esa 3904 m bo'lgan tog' tizmalari silsilasi butun Zangazur tumani bo'ylab o'tgani qayd etilgan. Bu tog' tizmasi bilan Qorabog' platosi orasida joylashgan hudud Zangi darasi deb ham ataladi.

Yaratilgan qismda ta'kidlanishicha, Ozarbayjonning 2020 yil 27 sentyabrda boshlangan va 44 kun davom etgan ikkinchi Qorabog' urushidagi tarixiy g'alabasining muhim natijalaridan biri Naxchivondan Ozarbayjonga cho'zilgan Zangazur yo'lagini ochish masalasidir. Ozarbayjon, Rossiya va Armaniston rahbarlari o'rtasida 2020 yil 10 noyabrda imzolangan uch tomonlama bayonot nafaqat harbiy amaliyotlarga chek qo'ydi, balki Armanistonning Janubiy Kavkazdagi bosqinchilik siyosati natijasida mintaqada cheklangan iqtisodiy va transport aloqalarini tiklash, rivojlantirish, ushbu yo'nalishda global loyihalarni amalga oshirish uchun huquqiy asos yaratdi.

Yaratilgan bo'limda Zangazur yo'lagining tamalini qo'yish hamda u haqidagi ma'lumotlarni jahon matbuotida aks ettirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Bo'limda 2021 yil 15 iyunda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'an o'rtasida Ittifoqchilik munosabatlari to'g'risidagi Shusha deklaratsiyasi imzolanishi, savdo-iqtisodiy munosabatlarga oid masalalar, intellektual transport sistemaalari texnologiyalaridan foydalanish bilan xalqaro transport yo'laklarining Ozarbayjon - Turkiya qismlarida tranzit-transport salohiyatinini yanada rivojlantirish, Ozarbayjon va Turkiyani bog'lovchi Zangazur yo'lagining ochilishi, mintaqada barcha mamlakatlar orasida transport-kommunikatsiya aloqalarini tiklash, xalqaro transport yo'laklari rivojini targ'ib qilish kabi dolzarb masalalar, hamda fotosuratlar o'rin olgan.

"Iqtisodiy afzalliklari: Iqtisodiy ustunliklari" bo'limida Zangazur yo'lagi yetarli darajada katta iqtisodiy salohiyat va tabiiy resurslarga ega ekanligi, mintaqalararo iqtisodiy va turistik aloqalarni tezroq rivojlantirish uchun sharoit yaratganligi qayd etilgan. Loyiha strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo'lib, mintaqa davlatlari uchun qo'shimcha afzalliklar yaratgani, umumiy ishlab chiqarish hajmi 1,1 trillion dollardan ortiq bo'lgan turk davlatlarini birlashtirgani alohida ta'kidlanadi.

Yaratilgan qismda 2021 yil 26 oktyabrda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev va Turkiya Prezidenti Rajab Tayyib Erdo'g'an tomonidan Zangezur yo'lagining tamal toshini qo'yilishi, arman bosqinchilaridan ozod qilingan tumanda Goradiz-Jabrayil-Zangilan-Agbend avtomobil yo'linining, ya'ni Zangazur yo'lagining asosini tashkil etuvchi yo'lning ochilishi va bu haqdagi fotosuratlar keltirilgan.

Bundan tashqari, bo'limda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning "CNN Turk" telekanaliga bergan intervyusi va uning Zangezur yo'lagi haqidagi fikrlari aks ettirilgan.

O'zbek tilida yaratilgan "Zangazur yo'lagi" bo'limi bilan havola orqali tanishish mumkin.

13.01.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint