Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon va O'zbekiston yosh shoirlari ishtirokida o'tkaziladigan
“Majlisi – faramushon” she'riy majlisi tashkil etildi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va loyihasi bilan O'zbekistonda Ozarbayjon va O'zbekiston yosh shoirlari ishtirokida “Majlisi – faramushon” she'riy uchrashuvlari o'tkaziladi.

Ilk daf'a tiklangan va tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo'lgan "Majlisi - faramushon" mushoira majlisida har ikki mamlakat yosh shoirlari qatnashadi va o'z she'rlarini o'qib beradi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining xabar berishicha, Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022 yil "Shusha yili"deb e'lon qilinishi munosabati bilan O'zbekistonda ko'plab tadbirlar va loyihalar rejalashtirilgan. Shu maqsadda o'tkaziladigan she'riy uchrashuv XIX asrda Qorabog'da o'tkazilgan shoirlar majlisining davomi sifatida tashkil etilmoqda. Kelajakda turkiy dunyoning boshqa davlatlari ham she'riy majlisda ishtirok etishni nazarda tutilmoqda.

Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi, ikki mamlakat Yozuvchilar uyushmasi, Jahon Yosh Turkiy Yozuvchilar uyushmasi va O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan she'riy majlisning asosiy maqsadi har ikki xalq klassiklarini chuqur o'rganish, she'rlar o'qish, iste'dodli yosh shoirlarni aniqlash, she'riyatning dolzarb masalalari bo'yicha fikr almashish, turkiy dunyo shoirlari o'rtasidagi adabiy aloqalarni kengaytirishdir.

Shoirlar majlisi shu yilning mart-dekabr oylarida bo'lib o'tadi. Majlis oyiga bir marta onlayn shaklda (Zoom dasturi) bo'lib o'tadi. Avgust oyida majlis Ozarbayjon madaniyati poytaxti Shusha shahri, Jidir tekisligi, Mulla Panoh Voqif maqbarasi, hamda Xurshidbonu Notavan saroyi oldida bo'lib o'tadi va Ozarbayjon televideniyesi orqali efirga uzatiladi.

Ikkala mamlakatning yosh shoirlari ishtirok etadigan majlislarda qatnashish uchun nomzod bugungi kungacha she'riy faoliyatga ega bo'lishi yoki uning she'rlari mamlakat matbuotida e'lon qilingan bo'lishi shart. Tadbir shu yilning noyabr oyida yakunlanadi va majlislarda eshitiladigan she'rlar ozarbayjon va o'zbek tillarida tarjima qilinib, to'plam holida nashr etiladi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, turli davrlarda yaratilgan adabiy majlislar Ozarbayjon she'riyati taraqqiyotida ahamiyati katta bo'lgan. Ushbu majlislar vaqti-vaqti bilan turli shaharlarda faoliyat yuritgan va ko'plab shoirlarning tan olinishida alohida rol o'ynagan. 1872 yilda Ozarbayjonning madaniyati beshigi Qorabog'da, tarixiy Sho'ro shahri, mashhur shoir, adabiyotshunos olim Mir Muhsin Navvobning uyida tashkil qilingan "Majlisi faramushon" shoirlar yig'ini 1910 yilgacha mavjud bo'lib, o'sha davrning mashhur shoirlari M. Navvab, H. Notavon, H. Qoratog'iy, F. Kamina, A. Asi, V. Sabur, B. Fidoiy, shuningdek Qorabog' xonandalari yaqindan ishtirok etganlar.

"Shusha yili" munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat vazirligi tomonidan amalga oshirilgan "Shusha madaniyati durdonalari" loyihasining davomi sifatida o'tkazilgan "Majlisi faramushon" shoirlar yig'inida 16 dan 40 yoshgacha bo'lgan ishtirokchilar qatnasha oladi.

Majlisda ishtirok etish istagida bo'lgan shoirlar e'lon qilingan mavzuga oid she'rni ona tilida yozishlari va majlisda o'qishlari kerak. Mushoiraga har bir ishtirokchi tomonidan faqat bitta she'r taqdim etilishi mumkin va matnning maksimal hajmi ikkita A4 formatidan oshmasligi kerak. Topshirilayotgan ish kompyuterda yozilishi kerak (Arial shrifti, 12-o'lchamda).

She'r talabgorning o'ziga xos asari bo'lishi kerak, asosiy mavzusi milliy ma'naviy qadriyatlar, Vatanga, insonga muhabbat, insonparvarlik, axloqiy-tarbiyaviy mazmundagi asarlarga alohida e'tibor qaratiladi.

Majlisga she'r topshirayotganda muallif o'zi haqida ma'lumot (ism, familiya, otasining ismi, ta'lim muassasasining nomi, bo'lim, sinf, shaxsiy telefon raqami va elektron pochta manzili) taqdim etishi kerak. Majlisda ishtirok etish uchun she'rlarni Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining elektron pochtasiga (culcenter.az@gmail.com) yuborish lozim.

Hakamlar hay'ati tarkibiga har ikki mamlakat Yozuvchilar uyushmasi hamda ijodiy tashkilotlar vakillari, shoirlar kiritilgan.

Shoirlarning har oy o'tkaziladigan uchrashuvida uch oy yakunlariga ko'ra ikki mamlakatning faol va tanlab olingan shoirlarga O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining pul mukofoti, faxriy diplom, Shushaga ikki kunlik safar va rag'batlantiruvchi sovg'alarga sazovor bo'ladilar.

02.03.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint