Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda o'tkazilgan xayriya tadbirida Ozarbayjon Madaniyat Markazi ham ishtirok etdi


Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat universiteti poytaxtdagi Tanho Grand restoranida 8 mart - xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan xayriya tadbiri o'tkazdi.

Mazkur tadbirda O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimlari, universitet fakulteti xodimlari, nogiron talabalar ishtirok etdi.

Kafedra mudiri, professor Feruza Ikromxonova O'zbekiston davlatining nogironlarga g'amxo'rligi haqida to'xtalib, bu borada turli tadbirlar muntazam o'tkazilayotganini bildirdi. U ishlayotgan universitetda tahsil olayotgan nogiron talabalar e'tibor va g'amxo'rlik qurshovida ekanini ta'kidladi.

Ozarbayjon Madaniyat markazi vakili Yusif Mammadov tadbir ishtirokchilarini qutlab, madaniyat markazi tomonidan O'zbekiston shahar va tumanlaridagi Mehribonlik uylari uchun o'tkazilayotgan xayriya konsertlari va tadbirlari haqida so'zladi. U Ozarbayjonda yoshlarning eng katta himoyachisi va tarafdori Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ekanligini qayd etdi va davlat rahbarining so'zlaridan sitata keltirdi: "Mening yoshlarga munosabatim bo'lakchadir, mening yuragim sizlar bilan. Siz hamma ishingizda menga suyanishingiz mumkin. Men ham sizga suyanaman." Nutq oxirida Yu .Mammadov ayollarni 8 mart-xalqaro xotin-qizlar kuni bilan tabriklab, ularga sog'liq, baxt va kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

O'zbekiston musiqiy guruhlari o'zbek va ozarbayjon tillarida qo'shiqlar ijro etishdi, Ozarbayjon Madaniyat Markazi qoshidagi "Xizmat ko'rsatgan artist Kaykep Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli a'zolari bir-birlariga chiroyli milliy raqslarimizni ijro etishdi.

08.03.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint