Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasida birinchi marta “Majlisi faromushon” she'riyat majlisi bo'lib o'tdi.


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va loyihasi bilan O'zbekistonda Ozarbayjon va O'zbekiston yosh shoirlari ishtirokida “Majlisi faromushon” mushoirasi o'z ishini boshladi.

Tadbirda Ozarbayjon Madaniyat vazirligi, Ozarbayjon va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmalari, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati rahbariyati, Jahon yosh turk yozuvchilari uyushmasi mutasaddilari, har ikki mamlakat yosh shoirlari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov qutlov nutqi bilan so'zga chiqib, ikki mamlakatning yosh shoirlari ilk bor qayta tiklangan tarixiy va madaniy ahamiyatga ega bo'lgan "Majlisi faromushon" she'riy yig'inlarida ishtirok etgani, majlisning asosiy maqsadi xalqlarimiz klassiklarini chuqur o'rganish, she'rlar aytish, iste'dodli yosh shoirlarni aniqlash, she'riyatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishdan iborat ekanini ta'kidladi. U turkiy dunyo shoirlari o'rtasidagi adabiy aloqalarni kengaytirish va hamkorlik uchun platforma yaratishni e'lon qildi.

30 yilga yakin Armaniston ishg'oli ostida bo'lgan, 2020 yilning 8 noyabrda Ozarbayjon armiyasi tomonidan ozod qilingan tarixiy Shusha shahri bizning madaniyatimiz, adabiyotimiz va san'atimiz uchun muqaddas makon, deya qayd etdi diplomat. Uning ta'kidlashicha, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning buyrug'i bilan Shusha shahri Ozarbayjon madaniyati poytaxti sifatida qabul qilingan va 2022 yil "Shusha yili"deb e'lon qilingan. Samir Abbosov, kelajakda Madaniyat vazirligi rahbarligida va ko'magida shoirlar va turkiy dunyoning boshqa mamlakatlari majlisiga qo'shilishi, adabiy aloqalar, she'riyat yig'ini o'laroq do'stligimizni, birodarligimizni targ'ib qiluvchi bir o'rtoqlashuv, hamkorlik platformasiga aylantirish rejalashtirilgan.

O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati Ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov o'z nutqida tarixan qardosh xalqlar bo'lgan ozarbayjonlar va o'zbeklar o'zlarining boy madaniyati, she'riyati bilan faxrlanishini ta'kidlab, Qorabog' markazi, Ozarbayjon madaniyati beshigi bo'lgan Shushada yaratilgan "Majlisi faromushon" shoirlar majlisining tiklanishi ikki mamlakat, kelajakda esa turkiy dunyo mamlakatlari o'rtasidagi adabiy aloqalarni yanada mustahkamlashiga ishonch bildirdi.

Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bo'lim boshlig'i Akif Marifli Ozarbayjon madaniyati beshigi, Kavkaz konservatoriyasi, san'at ma'badi, ko'plab taniqli shaxslarning tug'ilgan joyi Shushada, XIX asrda mavjud bo'lgan bu she'riy majlis XXI asrda Qorabog' ozod qilinganidan keyin qayta tiklanishini tarixiy voqea deya qayd etdi va O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining bu boradagi tashabbusini yuqori baholadi.

Ozarbayjon she'riyati rivojida turli davrlarda yaratilgan adabiy majlislarning rolini ta'kidlab, "Majlisi faromushon" kelajakda she'riyatimizning yosh iste'dodlarini aniqlash, adabiy aloqalarni, bir so'z bilan aytganda, adabiyotni, ijodni yanada rivojlantirish uchun ajoyib ijodiy maydonga aylanishiga ishonch bildirdi.

O'zbekiston Oliy Majlisining deputati Gulbahor Saidg'aniyeva loyihani yuqori baholab, Ozarbayjon Madaniyat Markaziga minnatdorlik bildirdi, ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy aloqalarning yuqori darajada ekanligidan, shuningdek, shoir va yozuvchilarimiz o'rtasidagi tarixan mavjud adabiy aloqalar ushbu majlis orqali davom ettirilishidan mamnunligini bildirdi.

Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi yoshlar Kengashi raisi Farid Husayn "Majlisi faromushon" shoirlar majlisini tiklash oddiy hodisa emasligini, u XIX asrda yaratliib, o'z oldiga maqsad qo'yganini va bu davrda o'z maqsadlariga erisha olmaganligini ta'kidladi. Majlislar faoliyati muvaffaqiyatli bo'lishi mamlakatimiz mustaqilligi va barqarorligi davrida qayta tiklangannini qayd etgan holda, tiklangan bu majlis aslida Ozarbayjon mustaqilligi, yerlarimizni ozod qilish, Qorabog'dagi keng ko'lamli qurilish ishlari davrida bo'layotganini, ramziy va tarixiy ahamiyatga ega ekanini ta'kidladi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o'rinbosari, shoir G'ayrat Majid Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi do'stlik va adabiy aloqalar yuksak darajada ekanini qayd etib, O'zbekiston adabiy elitasi hamisha Ozarbayjon she'riyatiga katta qiziqish ko'rsatib kelganini ta'kidladi. U O'zbek shoiri Cho'lponing "adabiyot yashasa, millat yashaydi" degan so'zlarini tilga olib, adabiyot millatning joni, ruhi va uni tanituvchi eng katta kuch ekanligini e'tirof etdi. Shoirlar, san'at odamlarining birlashuvi xalqlar va davlatlarning yaqinlashishi, hamjihatligini anglatadi, dedi u. Shoir G'ayrat Majid davlat rahbarlari adabiyotga, do'stligimiz va hamkorligimizga alohida ahamiyat berayotganini alohida ta'kidladi.

So'ngra har ikki mamlakat yosh shoirlari o'z she'rlarini taqdim etdilar. Ozarbayjon shoirlari Farid Husayn, Intigam Yashar, Emin Piri, Tural Turon, Qabil Adolat, o'zbek shoirlari Mansur Jumayev, Anvar Botir, Feruza Xayrullayeva, Muhiddin Abdusamad, Nargiza Odinayeva "Majlisi faromushon"shoirlar majlisida o'z she'rlarini o'qib berishdi.

Majlis moderatorlari Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, prezident stipendiati, shoir Fuad Jafarli, O'zbekiston tomoni - O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira Nargiz Asadova bo'ldi.

Majlislarda o'qilgan she'rlar yil oxirida Ozarbayjon Madaniyat vazirligi va O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida Ozarbayjon va o'zbek tillarida nashr etiladi.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, 1872-yilda Ozarbayjon madaniyati beshigi-Qorabog', tarixiy Shusha shahri, mashhur shoir, adabiyotshunos olim Mir Mohsun Navvabning uyida tashkil etilgan "Majlisi faromushon" Ozarbayjon adabiy muhitida alohida ahamiyat kasb etgan. "Majlisi faromushon" 1910 yilgacha faoliyat ko'rsatgan.

10.03.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint