Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonda Nizomiy Ganjaviy haqida yana bir tadqiqot ishi dunyo yuzini ko'rdi


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2021 yilda Ozarbayjonda “Nizomiy Ganjaviy yili” va O'zbekistonda Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan maxsus tanlov e'lon qilgan edi.

Ushbu tanlovga muvofiq har ikki shoir asarlaridagi turkiy tafakkur, ijodiy aloqalar, ularning adabiy merosini turk she'riyatining cho'qqisi sifatida o'rganish va ular haqida ilmiy maqolalar yaratish asosiy nominatsiya deb e'lon qilingandi.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov va dotsent Gulbahor Ashurova muallifligidagi "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodida turkona tafakkur va g'oyaviy badiiy asos" monografiyasi mukofotga loyiq ko'rildi va nashrga tavsiya etildi.

Monografiya O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan qo'shimcha darslik sifatida qabul qilindi va Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida nashr etildi.

Tadqiqot ishida jahon adabiyoti va turkiy xalqlarning eng yirik namoyandalari, she'riyatning ulug' zotlari Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodi, ularning boy merosi, tadqiqotlari, badiiy-falsafiy qarashlari, sharq madaniyati, turk milliy-madaniy merosiga qo'shgan hissasi, adabiyotga kiritilgan yangiliklar, xamsachilik an'analari aks ettirilgan.

Monografiyada o'zbek adabiyotida Nizomiy Ganjaviy asarlarini o'rganish, Nizomiy Ganjaviy "Xamsa"si tarjimasi masalalari, har ikki shoir ijodini adabiyotimizdagi uyg'onish davri sifatida tavsiflash va ular asarlarining lirik qahramonlari haqidagi mavzular o'rin olgan.

Nashr Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2021 yilni "Nizomiy Ganjaviy yili" deb e'lon qilishi va O'zbekiston Prezidentining "Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash" haqidagi buyruqlari bilan boshlanadi.

"Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlarida turkiy tafakkur va g'oyaviy badiiy asoslar" monografiyasining so'zboshi muallifi Haydar Aliyev nomidagi O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov, ilmiy muharriri akademik Rafael Huseynov, taqrizchilar o'zbek olimlari-filologiya fanlari doktori, professorlar Boqijon To'xliyev va Nurboy Jabborov.

Monografiyaga so'zboshi yozgan Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov turkiy dunyo insoniyatga buyuk olimlar, faylasuflar, shoirlar, yozuvchilarni berganini va shunday buyuk mutafakkirlar ro'yxatida Ozarbayjon xalqining faxri Nizomiy Ganjaviy va o'zbek adabiyotining daho shoiri Hazrat Alisher Navoiy faxr bilan zikr etilganini ta'kidlaydi

S. Abbosov buyuk shoir-mutafakkirlar Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy adabiy merosini o'rganish va targ'ib qilish barcha zamonlar uchun dolzarb bo'lib qolayotganini e'tirof etib, ular merosini adabiyotshunos olimlar o'rganishi, tadqiq etishi va yangi, jiddiy manbalarni yaratilishi muhimligini qayd etadi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi ma'lumotlariga ko'ra, markazning asosiy maqsadi xorijiy mualliflarning har ikki buyuk mutafakkir asarlarini turkiy dunyo she'riyatining cho'qqisi sifatida o'rganish, yangi manbalar, ilmiy, tadqiqot ishlari, darsliklar yaratish va ularni yosh avlodga yetkazishdir. Uning ta'kidlashicha, markaz yaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarini kelgusida yetakchi xorijiy tillarga tarjima qilinishi va chop etilishini rejalashtirgan.

"Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlarida turkiy tafakkur va g'oyaviy badiiy asoslar" monografiyasi adabiyotshunoslar, tadqiqotchilar, olimlar ishtirokida O'zbekiston va Ozarbayjonda keng taqdimoti nazarda tutilgan va bu nashr O'zbekistonning yetakchi kutubxonalari, oliy o'quv yurtlariga sovg'a sifatida taqdim etiladi.

15.03.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint