Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistondagi Nizomiy nomidagi Davlat Pedagogika universiteti qoshida Ozarbayjon markazi tashkil etiladi va daho mutafakkirni o'rganish va targ'ib qilish yanada kengayadi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti rektori, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyatining yangi raisi Abdug'affor Qirg'izboyev bilan uchrashdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti rektori Abdug'affor Qirg'izboyev Ozarboyjon bilan do'stlik va hamkorlik haqida so'z ochar ekan, o'zi rahbarlik qilayotgan universitet tarixi, uning O'zbekiston fan, jamoat va ta'lim sohalaridagi mavqei va o'rni haqida to'xtaldi. Rektor Abdug'affor Qirg'izboyev buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy nomidagi universitetda amalga oshirilgan ishlar haqida so'zlab, hozirgi kunda O'zbekistonning ushbu nufuzli universitetida 23 mingga yaqin talaba tahsil olayotganini qayd etdi. Universitet qoshida O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati faoliyat ko'rsatayotganini ta'kidlab, Do'stlik jamiyatining Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan hamkorligi natijasida so'nggi yillarda O'zbekistonda ko'plab tadbirlar va loyihalar amalga oshirilayotganini urg'uladi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Abdug'affor Qirg'izboyevni Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti rektori va O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati direktori etib tayinlangani bilan tabriklab, universitet har bir ozarbayjon millatli inson uchun qadrli ekanligini va uning do'stona aloqalarimizni kengaytirish va rivojlantirish uchun ahamiyatini ta'kidladi.

U Ozarbayjon davlati buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy merosini targ'ib qilish va o'rganishga doimo katta ahamiyat bergani va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 2021 yilni Nizomiy Ganjaviy yili deb e'lon qilgani haqda to'xtaldi.

Samir Abbosov Ozarbayjon Madaniyat Markazi haqida so'zlar ekan, ushbu markaz xalqimizning milliy rahnamosi, Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi do'stlik, strategik hamkorlik asoschisi Haydar Aliyev nomi bilan atalishini qayd etdi. Diplomat Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida Ozarbayjon markazini tashkil etish, Ozarbayjon universitetlari bilan hamkorlik, o'qituvchi va talabalar almashinuvi, qo'shma loyihalarni amalga oshirish, Nizomiy Ganjaviy merosini o'rganish va targ'ib qilish, shuningdek, ushbu yo'nalishda konferentsiyalar, taqdimotlar va tanlovlar o'tkazish bo'yicha takliflar bildirdi. U o'tgan yili boshlangan va har yili Ozarbayjonda o'tkaziladigan xalqaro Nizomiy Ganjaviy forumi haqida ma'lumot berib, ushbu nufuzli tadbirda o'zbek nizomiyshunos olimlarining keng ishtirokini mamnuniyat bilan qayd etdi.

Samir Abbosov 44 kunlik Vatan urushi natijasida 2020 yilda, Ozarbayjon 30 yilga yaqin armani ishg'oli ostida bo'lgan o'z tuproqlarini ozod etgani va Prezident Ilhom Aliyev ozod qilingan Shusha shahri bizning madaniy poytaxtimiz sifatida qabul qilganligini va 2022 yil Ozarbayjonda "Shusha yili" deb e'lon qilinganligini ta'kidladi. Shu munosabat bilan diplomat rektorga Shusha haqidagi maxsus jurnalni, shuningdek, shoirning "Nizomiy Ganjaviy yili" munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan o'zbek tiliga tarjima qilingan "Xamsa"asarini taqdim etdi.

Yig'ilishda O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati ijrochi direktori, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti bo'lim boshlig'i, professor Erkin Nuriddinov ham ishtirok etdi.

Tomonlar yil davomida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida Ozarbayjon markazi tashkil etish, universitetda qo'shma faoliyatni amalga oshirish, Ozarbayjon-o'zbek do'stligi, hamkorligi, madaniyati, adabiyoti, Nizomiy Ganjaviy merosini o'rganish va targ'ib qilish, shuningdek, Ozarbayjon oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar.

16.03.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint