Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat markazida Navro'z bayrami keng nishonlandi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida Navro'z bayrami munosabati bilan katta bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi xodimlari, Turkiya elchixonasi diplomatlari, O'zbekistonning madaniyat, adabiyot va san'at arboblari, mahalliy ozarbayjonlar, Toshkent oliy o'quv yurtlari o'qituvchi va talabalari, jurnalistlar ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat markazi foyesida tashkil etilgan ko'rgazmada Navro'z bayrami, "Shusha yili" bilan bog'liq, shuningdek, buyuk rahbar Haydar Aliyevning hayoti va faoliyati, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar haqidagi nashrlar, milliy madaniyatimizga oid esdalik sovg'alari namoyish etildi. Mehmonlar Madaniyat markazida Bahor bayrami munosabati bilan ochilgan "bahor gulchambari" ko'rgazmasi bilan ham tanishdilar. Ishtirokchilar Navro'zga bag'ishlangan bayram taomlari, shirinliklar, shakarbura, paxlava bilan mehmon qilindi.

Tadbir ishtirokchilarini Navro'z bayrami bilan tabriklagan O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Navro'z milliy bayrami Ozarbayjon, O'zbekiston, shuningdek, turkiy dunyo mamlakatlarida nishonlanishi, tilimiz, dinimiz, ildizimiz, madaniyatimiz, urf-odat va an'analarimiz kabi umumiy bayramlarimiz ham xalqlarimizni birlashtiradi, deya e'tirof etdi.

Tarixiy dalillarga tayanib, u Navro'z azaldan turkiy olamda nishonlanib kelganligini, Mahmud Qoshg'ariyning "Devon lug'ati Turk" asarida, Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning "Iskandarnoma", "Layli va Majnun", "Xosrov va Shirin" dostonlarida, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur asarlarida ushbu bayram haqidagi ma'lumotlar o'z aksini topganligini ta'kidladi.

Samir Abbosov Ozarbayjon Haydar Aliyev jamg'armasi tashabbusi bilan xalqlarimizning qadimiyligi, boy madaniyati, urf-odatlari va an'analarini namoyish etuvchi Navro'z bayrami Yuneskoning nomoddiy merosi ro'yxatiga kiritilganini qayd etdi.

O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinov, O'zbekiston Sharqshunoslik universiteti dotsenti, taniqli olim Adhambek Alimbekov Ozarbayjon tashabbusi, O'zbekiston va boshqa bir qator davlatlar ko'magida 2010 yilda BMT Bosh Assambleyasi bir ovozdan 21 mart "Xalqaro Navro'z kuni" sifatida qabul qilingan rezolyutsiyani tan olganini qayd etib, Navro'zning tinchlik, osoyishtalikka chorlovchi, yangilanish va totuvlik bayrami ekanligini ta'kidladilar

Tadbirning badiiy qismida Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi tomonidan yaratilgan, Ozarbayjon va O'zbekiston do'stligiga bag'ishlangan "Do'stlik madhi" videoklipi namoyish etildi. Videodagi musiqani O'zbekiston Xalq artisti Ramiz Usmonov va O'zbekiston Davlat bolalar filarmoniyasining xor kapellasi ijro etgan.

Bayram tadbiri Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabalarining Navro'z bayrami, Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi do'stlik haqidagi she'riy kompozitsiya bilan davom etdi.

Dunyoga mashhur "O'zbegim yoshlari" musiqiy guruhi ozarbayjon va o'zbek qo'shiqlarini ijro etdi, Ozarbayjon Madaniyat markazidagi "Xizmat ko'rsatgan artist Kaykep Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli a'zolari milliy raqslarimizni, bahor haqidagi raqslarni namoyish etdilar.

18.03.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint