Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbek tadqiqotchisi o'zining yangi kitobida Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlaridagi umumiy xususiyatlarni tadqiq etgan


Qadimiy tarixi va keng tarqalgan an'analari bilan ajralib turgan turkiy xalqlar asrlar davomida qardoshlikning adabiy olamdagi o'rnini ardoqlab kelmoqda. Tili, dini bir bo'lgan turkiy xalqlarning o'zaro aloqalari doimiy e'tiborda. Turli masalalarni qamrab olgan bu aloqalar adabiyot sohasida yanada keng o'rin egallagan. Tarixan o'rnatilgan adabiy aloqalar, olib borilgan tadqiqotlar qardosh xalqlar va adabiyotshunoslar o'rtasidagi aloqani mustahkamladi. Ozarbayjon-o'zbek adabiy aloqalarining barqaror rivojlanishi xalqimizning mushtarak adabiyoti, madaniyati, san'atiga bog'liq holda yuzaga kelgan. O'tgan yil mamlakatimizda "Nizomiy Ganjaviy yili" sifatida qayd etildi. Bu borada mamlakatda ham, xorijda ham bir qator kitoblar chop etildi. Nizomiy Ganjaviy nafaqat 2021 yilda, balki asrlar osha xalq xotirasi va adabiyotida yashab, targ'ib etib kelmoqda. Nizomiy Ganjaviyning shaxsi va merosi qardosh O'zbekiston o'lkasida ham o'rganilib, shu munosabat bilan turli ilmiy tadqiqotlar olib borildi. Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy har ikki xalqning o'lmas san'atkorlaridir.

Bir necha kun avval Toshkentda o'zbek tadqiqotchisi O'lmasbek Xo'jayevning “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlaridagi o'xshashliklar talqini (ilmiy va jurnalistik maqolalar)” nomli kitobi chop etildi. Kitob O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi va Alisher Navoiyning 580 yilligiga bag'ishlab nashr etildi.

O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir-jurnalist sifatida ham o'z vatanida tanilgan O'lmasbek Xo'jayev “Vatanim”, “Hayot muhabbati”, “Qalbdagi zilzila”, “Turkiston daftari” she'rlari, “Ikki sohil” hikoyalari, “Ayol nuri” tarjimasi, “Azizlik” jurnalistik, "Aniq... Isbotsiz" epik poemasi, "O'lmas san'at targ'ibotchisi" essesi va e'tiroflar kitoblari bilan turli yillarda kitobxonlar tanishgan.

"Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlaridagi o'xshash xususiyatlar talqini" kitobida O'lmasbek Xo'jayevning ilmiy-jurnalistik maqolalari to'plangan. Ushbu maqolalarda tadqiqotchi ikki shoir-mutafakkir Nizomiy Ganjaviy va Alishir Navoiy asarlarida ozarbayjon va o'zbek adabiyotining, mumtoz turkiy xalqlar adabiyotining mushtarak xususiyatlarini tadqiq etgan. Kitobning maslahatchi va taqrizchilari professor Muqimjon Qirg'izboyev, filologiya fanlari doktori Aftandil Erkinov, filologiya fanlari doktori, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faxriy a'zosi, A. Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti professori Almaz Ulvi, filologiya fanlari nomzodi Ma'mura Rashidova.

Kitobda: "Alisher Navoiyning "Munshaot" (Badiuz-zamon Mirzoga yozilgan birinchi maktub asosida) asaridagi ijtimoiy-siyosiy jihatlar", "Alisher Navoiyning "Nazm ul-javoxir" (so'z va til haqidagi hikoyalari asosida) asaridagi ta'sir masalalari, Alisher Navoiyning "Sab'ai Sayyor" (Zeyd Zahhob qissasi asosida) dostonidagi kommunikativ elementlar", "Alisher Navoiyning Saddi-Iskandariy yondashuvi", "Alisher Navoiyning "Munshaot" dostoniga kommunikativ asar kabi yondashuv", "Alisher Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat " asarida tabaqa masalalari", "Navoiy Afg'onistonga qaytdi. Hirot safarnomasi", Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa"si: "Iskandarnoma" dostonidagi nasihatlarga sharh (1-qism "Sharafnoma" asosida), "Nizomiy Ganjaviy "Xamsa": "Iskandarnoma"dostonidagi o'xshashlik (Doro va Iskandarning maktublari asosida), "Nasimiyga nazira, yoki O'zbekistonda Nasimiyni sog'indim" nomli maqolalar joy olgan. Mumtoz shoirlar – Nizomiy Ganjaviy, Alisher Navoiy, Imodiddin Nasimiy asarlari kontekstida olib borilgan tadqiqotlarda Ozarbayjon adabiyotiga bo'lgan muhabbat, ayniqsa, maroqli ta'sir ko'rsatadi.

15.01.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint