Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekiston Davlat televideniyesi Ozarbayjon shoiri, buyuk davlat arbobi Shoh Ismoil Xatoiyga bag'ishlangan dasturni efirga uzatdi.


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bilan birgalikda Ozarbayjonning buyuk davlat arbobi, mumtoz Ozarbayjon adabiyotining mashhur vakili, shoir Shoh Ismoil Xatoiy tavalludining 535 yilligi munosabati bilan “Manbalar so'zlaganda” nomli dastur davlat televideniyesi orqali namoyish etildi.

Jurnalist Dildora Hasanova olib borgan, ssenariysi muallifi Shuhrat Salomov bo'lgan televizion ko'rsatuvda birinchi marta Ozarbayjon tilini davlat tili darajasigacha ko'targan, lirik va epik janrlarda ajoyib asarlar yaratgan, davlatchiligimiz tarixida alohida xizmatlari bo'lgan, hukmdor va shoir ijodi Shoh Ismoil Xatoiy ijodi, uning asarlari, shuningdek, O'zbekistondagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 1535ga tegishli deb topilgan, noyob qo'lyozma asari bo'lgan "Shoh Ismoil Xatoiy devonining Toshkent nusxasi" haqidagi ma'lumotlar, fikrlar, jurnalistik izlanishlar, shuningdek intervyular joy olgan.

Ekran asarida O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan ozarbayjonlik olim Karimulla Mammadzoda tomonidan O'zbekiston Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy Sharqshunoslik institutida olib borgan ilmiy tadqiqotlar natijasida topilgan Xatoiyning bebaho qo'lyozmasi haqida ma'lumotlar aks ettirilgan.

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bo'lim boshlig'i, olim Salimaxon Eshonova, O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov, tarixchi olim, Boku Davlat universiteti bo'lim boshlig'i, faxriy o'qituvchi Karim Mammadov Shoh Ismoil Xatoiyning davlatchilik, ona tilini davlat darajasiga ko'tarish, shuningdek, adabiy ijodi haqida so'z yuritib, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan amalga oshirilgan loyiha asosida O'zbekiston arxivlarida, fondlarida saqlanayotgan Ozarbayjon haqida ma'lum bo'lgan noyob asarlar, qo'lyozmalarning topilishi haqida to'xtaldilar, tadqiqot haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdilar.

Dasturda Toshkentda saqlanayotgan Shoh Ismoil Xatoiyning o'g'li Shoh Tahmasibning buyrug'i bilan tuzilgan 1535 yildagi Xatoiy devonining Toshkentda saqlanayotnaye nafis shaklda hozirlangan asl nusxasi namoyish etilib, shoir, davlat arbobi sifatida Shoh Ismoil Xatoiy va Alisher Navoiy asarlari o'rtasidagi bog'liqlik, o'zbek xalqidan chiqqan hukmdor Zahiriddin Muhammad Bobur bilan do'stona munosabatlari tahlil qilinadi. va, umuman, ozarbayjon va o'zbek xalqlari o'rtasidagi tarixiy do'stlikka nazar solinadi.

Ta'kidlash joizki, yaqin vaqt ichida O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi "Shoh Ismoil Xatoiy devonining Toshkent nusxasi" qo'lyozmasining faksimil nusxasining nashri va taqdimotini rejalashtirmoqda.

30.03.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint