Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Madaniyat Markazi O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida o'tkazilgan Navro'z bayramida ishtirok etdi.


O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Navro'zshodiyonasi bo'lib o'tdi.

Tadbirda mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan elchixonalar, xalqaro tashkilotlar, madaniyat markazlari vakillari ishtirok etdi.

Yurtimizdan bu tadbirda O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ishtirok etdi.

Universitet rektori, Professor Sherzod Qudratxo'jayev ishtirokchilarni Navro'z bayrami bilan tabriklab, ushbu bayramning turkiy davlatlar hayotida tutgan o'rni haqida so'zlab berdi. Uning aytishicha, Ozarbayjon tashabbusi bilan O'zbekiston va boshqa qator davlatlar ko'magida BMT Bosh Assambleyasi bir ovozdan 21 martni “Aalqaro Navro'z kuni”deb tan oluvchi rezolyutsiya qabul qilgan.

Tadbirning Ozarbayjon burchagida mamlakatimiz bayrog'i, Ozarbayjon tarixi, Buyuk rahbar Haydar Aliyevning hayoti va faoliyati, Prezident Ilhom Aliyev rahbarligida mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi haqida hikoya qiluvchi kitoblar, Haydar Aliyev jamg'armasi tomonidan rus va ingliz tillarida nashr etilgan "Qorabog' haqiqatlari" turkumidagi nashrlar, Ozarbayjon tarixi va madaniyatiga oid kitoblar, Toshkentdagi Madaniyat markazi tomonidan o'zbek tilida nashr etilgan kitoblar namoyish etildi.

2022 yil "Shusha yili" deb e'lon qilinishi munosabati bilan Ozarbayjonning Qorabog' viloyati beshigi bo'lgan Shusha tarixi, madaniyati hamda shaharda yashab ijod etgan atoqli shaxslar haqida ma'lumot berildi. Ko'rgazmada taqdim etilgan Ozarbayjon suvenirlari ham qiziqish bilan kutib olindi.

Ozarbayjon burchagida palov, dolma, shuningdek, shekerbura, paxlava va boshqa shirinliklar ishtirokchilarga taqdim etildi. So'ngra turli millatlarning qo'shiq va raqslari ijro etildi.

Bayram konsertida Kovkab Aliyeva nomidagi "Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli a'zolari milliy raqslarimizni ijro etishdi.

Tadbirda faol ishtirok etgani uchun Ozarbayjon Madaniyat Markazi ham faxriy diplom bilan taqdirlandi.

30.03.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint