Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonda Ozarbayjon madaniyati kunlarining ochilishi, Navoiy nomli Milliy kutubxonada esa Ozarboyjon fondining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan har ikki mamlakat Madaniyat vazirliklari va Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi ko'magida Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarining rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Ozarbayjonlik mehmonlar Ozarbayjon Madaniyat markazi oldidagi Haydar Aliyev haykali poyiga hamda shahidlar yodgorlik majmuasiga gulchambarlar va gullar qo'yishdi.

Ozarbayjon delegatsiyasi tarkibida Milliy Majlis Madaniyat qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva, Milliy Majlis deputati, "Ozarbayjon-O'zbekiston" parlamentlararo do'stlik guruhi a'zosi Mushfiq Jafarov, Madaniyat vazirligi bo'lim boshlig'i Akif Marifli, Ganja viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Vasif Jannatov, mashhur olimlar, jamoatchilik vakillari bor edilar. Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov mehmonlarga o'zi boshchiligidagi tuzilma faoliyati, markazda faoliyat yuritayotgan kurslar va uyushmalar haqida ma'lumot berdi, shuningdek mehmonlarni Haydar Aliyev muzeyi, O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik muzeyi va Ozarbayjon davlatchiligi tarixi muzeyi bilan tanishtirdi.

Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasida Ozarboyjon madaniyati kuni munosabati bilan Ozarboyjon fondining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Milliy Kutubxona direktori Umida Teshaboyeva ochilish marosimida so'zga chiqib, Ozarbayjon bilan aloqalar, qo'shma loyihalar va Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlik haqida gapirdi. Direktor Madaniyat markazi va Ozarbayjon Milliy kutubxonasi ko'magida yaqinda O'zbekiston kutubxonalariga Ozarbayjon haqidagi ko'plab nashrlar taqdim etilganini ta'kidladi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov O'zbekistonda tashkil etilgan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida Toshkent va Termez shaharlarida ko'plab tadbirlar o'tkazilishini,kutubxonalarda Ozarbayjon fondlari va o'choqlarini ochilishi, kitob taqdimotlari, san'atkorlar ishtirokidagi do'stlik kontsertlari, moda ko'rgazmalari o'tkazilishini ta'kidlab, ikki tomonlama uchrashuvlar rejalashtirilganligini haqida gapirib o'tdi.

2022 yil Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan "Shusha yili" deb e'lon qilinganligini ta'kidlagan diplomat, taxminan 30 yil davomida bosib olingan yerlar ozod qilinganligi natijasida buzib tashlangan va vayron qilingan yodgorliklar, kutubxonalar tiklanishi haqida ma’lumot berdi.

O'zbekiston Oliy Majlisining deputati, shoir va tarjimon Gulbaxar Saidg'aniyeva mamlakatlarimiz o'rtasidagi madaniy aloqalarning bunday jadal rivojlanayotganidan quvonch va zavq his etayotganini, tizimli ishlar natijasida madaniyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi hamkorlik platformasi yaratilganini ta'kidladi.

Ganira Pashayeva so'zga chiqib, xalqlarimiz o'rtasidagi do'stona, qardoshlik aloqalari, madaniy va adabiy aloqalar, shoir va yozuvchilarimiz, kundan-kunga o'sib, rivojlanib borayotgan Ozarbayjon-O'zbekiston hamkorligi haqida so'zlab berdi. U tarixan ushbu munosabatlar doimiy ravishda rivojlanib, mustahkamlanib borayotganini ta'kidlab, davlat rahbarlarining bu boradagi xizmatlarini qayd etdi.Deputat O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi. Uning ta'kidlashicha, 44 kunlik Vatan urushi davrida Armaniston bosib olgan shahar va qishloqlar vayron qilingan, masjidlar xarobaga aylangan.

Deputat Mushfiq Jafarov mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalar yuksak darajada ekanini ta'kidladi. U yaqinda Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi Sahiba Gafarovaning O'zbekistonga tashrifi va hamkorlikni yanada chuqurlashtirish bo'yicha muzokaralari haqida ma'lumot berdi.

Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bo'lim boshlig'i Akif Marifli mamlakatlarimiz o'rtasidagi madaniyat sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, 2023 yilda TURKSOY tomonidan Shushani Turk dunyosining madaniy poytaxti deb e'lon qilinishi, Ozarbayjon madaniyati kunlari haqida gapirdi.U ushbu darajadagi munosabatlarni mustahkamlashda Ozarboyjon Milliy Majlisining alohida rolini ta'kidladi.

Tadbir so'ngida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy Kutubxonasi o'rtasida hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi. Ta'kidlash joizki, tashkil etilgan Ozarbayjon fondiga 400 ta turli nashrlar taqdim etildi. Tadbir doirasida madaniyat markazi loyihasi doirasida chop etilgan "Ozarbayjon va o'zbek maqollari" ikki tildagi nashrining taqdimoti bo'lib o'tdi. Taqdimotda Ozarbayjon va o'zbek olimlari so'zga chiqdilar.

07.04.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint