Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Ozarboyjon va O'zbekiston xalqlarining qatag'on fojiasi: Bir tarix, bir taqdir”mavzusidagi xalqaro konferensiyada Ozarbayjon vakillari ishtirok etdilar.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Toshkentdagi “Qatag'on qurbonlari xotirasi Davlat muzeyi” bilan birgalikda “Ozarbayjon va O'zbekiston xalqlarining qatag'on fojiasi: bir tarix, bir taqdir”mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazildi.

Tadbirda Milliy Majlis Madaniyat masalalari bo'yicha qo'mita raisi Ganira Pashayeva, Milliy Majlis deputati, "Ozarbayjon-O'zbekiston" parlamentlararo Do'stlik guruhi a'zosi Mushfiq Jafarov, Madaniyat Vazirligi bo'lim boshlig'i Akif Marifli, Ganja viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Vasif Jannatov, taniqli olimlar, jamoatchilik a'zolari, talabalar ishtirok etdilar.

Muzey rahbarlari va ishtirokchilari Ozarbayjondan kelgan mehmonlarni "Shahidlar xotirasi"yodgorlik majmuasining kirish qismida kutib olishdi. Diniy idora xodimi barcha shahidlarning ruhlariga qur'on tilovat qildi, shundan so'ng ishtirokchilar konferentsiya zaliga yig'ilishdi.

Muzey direktori, professor Baxtiyor Hasanov mehmonlarni qutlab,muzeyning qurilish tarixi haqida so'zlab berdi. Uning aytishicha, muzey O'zbekistonning sobiq Prezidenti Islom Karimovning farmoni bilan 2001 yilning 1 mayida tashkil etilgan va bir muncha vaqt o'tib o'z faoliyatini boshlagan. O'zbekistondagi qatag'on 1920-yildan boshlanib,1950-yilning boshlariga qadar davom etib,qatl etilgan mahbuslarni xotirlash uchun barpo etilgan.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon va O'zbekistonning ziyolilari, olimlar, din arboblari, shoirlar, yozuvchilar, faol vatanparvarlari bir xil taqdirni boshdan kechirganini, aybsiz bo'lganliklari xolda,turli bahonalar bilan Sibirning,Qozog'istonning qishda qahratonli ayozlariga,yozda esa ilon ingragan cho'llariga surgun qilinganligi va otib tashlanganligi haqida gapirdi. Ozarbayjonda 30 yildan ortiq davom etgan qatag'on davomida xalqimiz genofondiga katta zarba berildi. Uning so'zlariga ko'ra, 1937 yil 10 avgustdan 1938 yil 1- yanvargacha bo'lgan besh oy ichida Ozarbayjondan 10 ming 700 kishi surgun qilingan. Ulardan 3613 kishi qatl etildi va 7087 nafar ziyolilar 8-10 yil muddatlarga hibsga olindi.

Akademik, muzeyning yetakchi ilmiy tadqiqotchisi Naim Karimovning aytishicha, mashhur o'zbek ziyolilari, shoir va yozuvchilari uzoq Sibirga, Qozog'istonga surgun qilingan va vahshiylarcha o'ldirilgan. O'zbek romanchiligining" otasi", Oybek, Shuxrat, Mirzakolon Ismoiliy, Said Ahmad, Shukrullo va boshqa ziyolilar "xalq dushmani" deb e'lon qilininib,turli muddatlarga qamoq jazosiga hukm qilingan.

Ganira Pashayeva o'z nutqida Ozarbayjon, O'zbekiston, Turkmanistondan 100 ming fuqaro borsa-kelmasga yuborilganini qayd etdi. Ozarbayjondan Husayn Jovid, Mikoil Mushfiq, Ahmad Javod va boshqalar,O'zbekistondan Fitrat, Botu, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir kabi yuzlab ziyolilar qatl qilinganligi,qatag'on mashinasi "Manguberdi", "Mirzo Ulug'bek" kabi dramalar, "Toshkentnoma"poemasini yaratgan, o'zbek adabiyoti klassikasiga aylangan vatnadoshimiz,shoir Maqsud Shayxzodani ham ayamaganini aytib o'tdi.

O'zbekistonlik olim Xolid Said Xo'jayev esa Istanbuldagi universitetni tamomlagach, Bokudan O'zbekistonga kelmoqchi bo'lgan va unga vataniga qaytishga ruxsat berilmagan, bir muddat o'tgach, hibsga olinib, otib tashlangan. Mahmud Qoshg'ariyning "Devoni-lug'ati-turk" asarini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan.

Mushfiq Jafarovning aytishicha, dinimiz, tilimiz, tariximiz va madaniyatimiz bir. Mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar barcha sohalarda muvaffaqiyatli rivojlanmoqda.

Davlat rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevlar o'rtasidagi yaqin do'stona munosabatlar, tabiiyki, mamlakatlarimiz o'rtasidagi aloqalarni kengaytirishga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda.

Deputat Ozarbayjonda 44 kunlik Vatan urushi haqida gapirar ekan, O'zbekiston davlati va xalqining Ozarbayjon yonida bo'lganligini e'tiborga olib, buning uchun minnatdorchilik bildirdi.

O'zbekiston Jurnalistika va Ommaviy kommunikatsiyalar Universiteti rektori, professor Sherzod Qudratxo'jayevning aytishicha, O'zbekistonda 130 dan ortiq xalq va millat yashaydi. Qatag'on yillarida o'zbeklar bilan birga boshqa xalqlar vakillari ham surgun qilindi. Ozarbayjonda tug'ilib, O'zbekistonga surgun qilingan va shu yerda nom chiqargan Maqsud Shayxzoda ulardan biridir.

Ozarbayjon Madaniyat Vazirligi bo'lim boshlig'i Akif Marifli 1920 yildan 1957 yilgacha Ozarbayjondan Sibir va Qozog'istonga 250 ming kishi surgun qilinganligini ta'kidladi. Qozog'istonga esa yana 150 ming ziyolilar surgun qilingan. Ularning aksariyati otib tashlangan.
Keyin mehmonlar va ishtirokchilar muzeyga tashrif buyurishdi.

09.04.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint