Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlarida turkiy tafakkur va g'oyaviy badiiy asoslar” monografiyasining taqdimoti bo'lib o'tdi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari doirasida ikki mamlakat Madaniyat vazirliklari ko'magida Nizomiy nomli Toshkent Davlat Universitetida o'zbek olimlarining “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlarida turkiy tafakkur va g'oyaviy badiiy asoslar” monografiyasining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Taqdimotda Milliy Majlis Madaniyat qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva, Milliy Majlis deputati, parlamentdagi “Ozarbayjon-O'zbekiston” Do'stlik guruhi a'zosi Mushfiq Jafarov, Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bo'lim boshlig'i Akif Marifli, Bokudan kelgan boshqa mehmonlar,oliygoh professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.

Mehmonlar dastlab universitet oldidagi buyuk Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy haykali poyiga gulchambarlar va gullar qo'yishdi.

Marosimni universitet rektori, professsor Abdug'affor Qirg'izboyev ochar ekan,mazkur universitet tarixi haqida so'zlab, 1947 yildan buyon universitet Buyuk Nizomiy Ganjaviy nomi bilan atalganini ta'kidladi, Ozarbayjon-O'zbekiston hamkorligi va adabiy aloqalari haqida so'z yuritdi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov turk dunyosi insoniyatga buyuk olimlar, faylasuflar, shoir va yozuvchilarni berganini, Ozarbayjon xalqining faxri Nizomiy Ganjaviy va o'zbek adabiyotining buyuk shoiri Alisher Navoiy nomlari ana shunday buyuk mutafakkirlar ro'yxatida faxr bilan tilga olinishini ta'kidladi.

S. Abbasov buyuk mutafakkir shoirlar Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy adabiy merosini o'rganish va targ'ib qilish barcha zamonlar uchun ham dolzarb ekanligini ta'kidlab, ularning merosini o'rganish va yangi, salmoqli manbalarni aniqlash muhimligini ta'kidladi. U Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti rektori, professor Shuhrat Sirajiddinov va dotsent Gulbahor Ashurovalar tayyorlagan monografiya haqida fikr almashdi, O'zbekistonda Nizomiy merosini targ'ib qilish va o'rganish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'ruza qildi.

O'zbekiston-Ozarboyjon Do'stlik jamiyati ijrochi direktori, professor Erkin Nuriddinovning aytishicha, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan O'zbekistonda Buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligi va Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan e'lon qilingan tanlovda har ikki shoir asarlarida turkiy tafakkur va ijod o'rtasidagi bog'lanishlar tadqiqotiga doir ilmiy asarlar,monografiyalar tayyorlanishini nazarda tutilgani va shu maqsadda ajoyib monografiya nashr qilinganligini aytib o'tdi.

Ganira Pashayeva xalqlarimiz do'st, qardosh ekanligini ta'kidlab, shoir va yozuvchilarimiz do'stligi haqida so'zlab,bunga Samad Vurg'un va G'afur G'ulom do'stligi namuna ekanligini ta'kidladi. Uning aytishicha, Ozarbayjon va o'zbek xalqlarining buyuk o'g'loni, shoir va tarjimon Maqsud Shayxzoda umrining oxirigacha shu universitetda dars bergan hamda o'zbek dramaturgiyasi rivojiga katta hissa qo'shgan. Yozuvchining" Mirzo Ulug'bek", "Manguberdi" dramalari, "Toshkentnoma"poemasi mashhurdir.

Qo'mita raisi 44 kunlik Vatan urushida Ozarbayjonning adolatli ishini O'zbekiston himoya qilganini ta'kidladi. Buning uchun deputat O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi. Qo'mita raisi ishg'oldan ozod bo'lgan Shusha shahri bu yil Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e'lon qilingani, kelasi yil esa Turk dunyosining madaniy poytaxti bo'lishini ta'kidladi.

Mushfiq Jafarov ikki davlat o'rtasidagi munosabatlarning yuksak darajasiga to'xtalar ekan, qardosh O'zbekiston bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga qaratilgan yirik loyihalarni amalga oshirish haqida gapirdi. U bunday madaniy tadbirlarni O'zbekistonda ham, Ozarbayjonda ham o'tkazish muhimligini ta'kidladi.

Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlarida multikulturalizm g'oyalarining targ'ib qilinishi haqida Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bo'lim boshlig'i Akif Marifli so'z yuritdi. A. Marifli kitobning ahamiyati haqida gapirar ekan, Ozarbayjon Madaniyat vaziri Anar Kerimov imzosi bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika universiteti rektori Abdug'affor Qirg'izboyev "Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi"esdalik nishoni bilan taqdirlanganini ta'kidladi. So'ngra rektorga esdalik nishoni va guvohnoma topshirildi.

Professorlar Nurboy Jabborov, Nigina Shermuxammedova,Ganja viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Vosif Jannatov, olim Karimulla Mammadzodalar mamlakatlarimiz o'rtasidagi madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va taqdim etilgan kitobning ahamiyati haqida so'z yuritdilar.

Gulbahor Ashurova kitobni nashr etgani uchun Ozarbayjon Madaniyat Markaziga minnatdorchilik bildirdi va hamkorlik bundan keyin ham davom etishini ta'kidladi.

11.04.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint