XABARLAR 2022
Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida ozarbayjonlik taniqli madaniyat xodimi, mashhurraqqosa Kaykep Aliyevaning yodgorlik lavhasining ochilishi bo'lib o'tdi.
O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tashkil etilgan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida Toshkentda Ozarbayjon va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining “Ozarbayjon qizlari” raqs ansambli rahbari bo'lgan taniqli raqqosa,hayotining ko'p qismini Ozarbayjon musiqasini,raqislarini targ'ib qilishga bag'ishlagan, Kaykep Aliyeva yashagan uyda yodgorlik lavhasining ochilishi bo'lib o'tdi.
Ochilish marosimida Ozarbayjon delegatsiyasi bilan birga O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati rahbariyati, madaniyat arboblari, san'atkorlar, ushbu mamlakat jamoatchiligi ishtirok etdi.
Marosimdan avval xotira lavhasining ochilish lentasi kesildi. Marosimda so'zga chiqqan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov ikki mamlakat o'rtasida madaniyat sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, Ozarbayjon va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist,O'zbekiston Respublikasi "Do'stlik" ordeni va Ozarboyjon Respublikasining "Faxriy Madaniyat xodimi" unvoni bilan taqdirlangan “Ozarboyjon qizlari” raqs ansablining badiiy rahbari bo'lgan Kaykep Aliyevaning hayoti va ijodi haqida so'zlab berdi. Samir Abbasov Ozarbayjon davlatining va o'lka rahbarining xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz, mashhur ozarbayjonliklarning nomlarini abadiylashtirishga, ularning ijodini o'rganish va targ’ib qilishga e'tibor qaratayotganini ta'kidladi hamda ularning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlagani uchun Madaniyat Vazirligiga minnatdorlik bildirdi. Uning qayd etishicha, O'zbekiston davlati Prezidenti Kaykep Aliyevning xizmatlarini har doim yuqori baholagan va bir necha bor unga yuksak mukofotlar bergan.
Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasida kundan-kunga rivojlanib borayotgan madaniy aloqalar haqida gapirar ekan, 50 yildan ortiq vaqt davomida Ozarbayjon madaniyatini uning raqslarini keng targ'ib qilib, yuzlab ozarboyjonlik,o'zbek bolalar va o'smirlarni tashkil etilgan to'garaklarda milliy raqslarga o'rgatgan Kaykep xonimning xizmatlarini ta'kidladi va bu boradagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga yuqori baho berdi.
Ozarbayjon Madaniyat Vazirligi boshqarmasi boshlig'i Akif Marifli bunday madaniyat arboblarining milliy madaniyatimizni targ'ib qilish va davlatlarimiz o'rtasida mustahkam do'stlik ko'prigini yaratish borasidagi xizmatlarini ta'kidlab, Madaniyat Vazirligi ko'magida amalga oshirilayotgan ishlar va Ozarbayjon Madaniyat Markazining abadiylashtirish loyihasi haqida ma'lumot berdi.
O'zbekiston-Ozarbayjon Do'stlik jamiyati rahbari, professor Erkin Nuriddinov, O'zbekiston Xalq artisti Galina Melnikovalar O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Kaykep Aliyevani O'zbekistonda juda yaxshi ko'rishini, ular orqali milliy ozarboyjon raqslarini o'rganganliklarini ta'kidladi. Prezident Ilhom Aliyev va birinchi xonim Mehribon xonim Aliyevaning O'zbekistonga tashrifini qayd etib, ularning Ozarbayjon Madaniyat Markazining ochilishida Kaykep Aliyevaga bo'lgan e'tiborini, uchrashuvlarini, shuningdek Kaykep Aliyevaning O'zbekistondagi Mehribonlik uylarini qo'llab-quvvatlaganligi,Mehrjon hamraisi hamraisi sifatida maktab-internatlarda xayriya tadbirlarini tashkil etiganligini ta'kidlab,uning aziz xotirasi doimo qalblarda yashashini aytib o'tishdi.
Kaykep Aliyevaning ukasi Parviz Aliyev oilasi nomidan Ozarbayjon davlatiga, shaxsan Prezident Ilhom Aliyevga opasining xizmatlarini qadrlagani, taniqli vatandoshlarimiz merosini abadiylashtirishga qaratayotgan e'tibori uchun minnatdorlik bildirdi.
Marosim so'ngida Ozarbayjon Respublikasi Xalq artisti Gulyanag Mammadova yodgorlik lavhasi oldida milliy musiqamizdan parchalar ijro etdi.
Shuni ta'kidlash lozimki, yodgorlik lavhasi O'zbekiston Respublikasi Xalq rassomi Marina Borodinova tomonidan Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining buyurtmasi asosida tayyorlangan.
12.04.2022