Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonda taniqli yozuvchi Aziza Jafarzoda haqida “Olamda ovozim bor mening” nomli loyiha amalga oshirilmoqda


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida XX asr Ozarbayjon adabiyotining taniqli vakili, xalq yozuvchisi, adabiyotshunos olim, professor, jamoat arbobi Aziza Jafarzoda ijodini O'zbekistonda targ'ib qilish va tanishtirishga qaratilgan “Olamda ovozim bor mening” loyihasiga start berildi.

Ozarbayjon adabiyotida muhim o'run tutgan, Ozarbajon tarixining muayyan davrlarida yuz bergan hodisalar, taniqli shahslarning porliq hayotini o'z asarlarida yoritgan atoqli yozuvchi Aziza Jafarzodaning 100 yilligi munosabati bilan tadbirlar o'tkaziladi

"Olamda ovozim bor mening" loyihasi asosida O'zbekistonda Aziza Jafarzoda ijodi haqida tadqiqot ishlari va ijodiy maqolalar tayyorlash, O'zbekistonning sayt, gazeta va jurnallarida taniqli adib ijodi haqida turkum maqolalar chop etish, shuningdek, Aziza Jafarzoda haqida Wikipedia.org xalqaro elektron ensiklopediyada o'zbek tilida maxsus bo'lim yaratish ko'zda tutilgan. Bo'limda mashhur yozuvchining hayoti, ijodi, asarlari, mukofotlari haqida ma'lumotlar beriladi.

Bundan tashqari, Ozarbayjon Madaniyat markazi buyrug'i bilan tarixiy asarlar muallifi Aziza Jafarzodaning "Boku 1501" romanini o'zbek tiliga tarjima qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Asarning o'zbek tiliga tarjimasini olim-tarjimon Rustam Jabborov amalga oshirmoqda. Madaniyat Markazi bu asarni O'zbekistonda nashr etishni rejalashtirmoqda.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi joriy yilda Toshkentda atoqli adib, tarixiy asarlar muallifi, taniqli adabiyotshunos Aziza Jafarzoda ijodiga bag'ishlangan "Olamda ovozim bor mening" qo'shma Ozarbayjon-O'zbekiston xalqaro anjumanini o'tkazishni ham rejalashtirmoqda. Xalqaro anjumanda har ikki mamlakatning, jumladan, Turk dunyosining mashhur adabiyotshunoslari, yozuvchilari ishtiroki nazarda tutilmoqda.

19.01.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint