Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonning Termiz Davlat Universitetida Xurshidbonu Notavon nomidagi Ozarbayjon o'chog'ining ochilishi va Surxondaryo viloyatida Ozarbayjon madaniyati kunlari bo'lib o'tdi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatidagi Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida Termiz davlat universitetida Xurshidbonu Notavon nomidagi Ozarbayjon o'chog'ining ochilishi bo'lib o'tdi.

Ochilish marosimida Ozarbayjondan tashrif buyurgan mehmonlar, mazkur universitet professor-o'qituvchilari ishtirok etishdi.

Ozarboyjon o'chog'iga Xurshidbanu Notavonning katta portreti, shoiraning hayoti va ijodi haqidagi axborot taxtasi, shuningdek, Shusha va Qorabog' bilan bog'liq bannerlar, rasm va fotosuratlar joylashtirilgan. O'chog'ni Ozarbayjon va O'zbekiston davlat bayroqlari, mamlakatlarimizning siyosiy xaritalari, Shushaning ramzi Xaribulbul, Qorabog'ning milliy ayollar va erkaklar kiyimlari bezadi. Bu yerga taqdim etilgan nashrlar orasida buyuk rahbar Haydar Aliyevning hayoti va ijodi, Prezident Ilhom Aliyev rahbarligidagi mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishi haqidagi kitoblar, Haydar Aliyev jamg'armasi tomonidan rus va ingliz tillarida nashr etilgan "Qorabog' haqiqatlari" turkumidagi nashrlar mavjud.

To'plamdan Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan Ozarbayjon tarixi, davlatchiligi, madaniyati, adabiyoti haqida o'zbek tilida chop etilgan kitoblar, shuningdek, Qorabog' mojarosiga oid bosma materiallar o'rin olgan. Ta'kidlash joizki,ushbu o'choqda Ozarbayjon Madaniyat markazining o'zbek tilidagi nashrlari, Madaniyat Vazirligi tomonidan sovg'a qilingan kitoblar to'plami, shoir va yozuvchilarimizning portretlari, milliy esdalik suvenirlar namoyish etiladi.

Termiz davlat universiteti rektori, professsor Avazjon Maraximov O'zbekiston-Ozarbayjon do'stligi haqida gapirib, bunday o'choqning yaratilishi do'stligimizning yorqin namunasi ekanini ta'kidladi. Rektor o'choqni tashkil etish tashabbuskori O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan Ozarbayjon Madaniyat Markazi ekanligini ta'kidladi va u uchun Madaniyat Markaziga alohida minnatdorchilik bildirdi. U bundan buyon talabalarimiz bu yerga tashrif buyurib, Ozarbayjon haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishlari va bu o'choq Ozarbayjon bilan aloqalarni yanada kengaytirish uchun ajoyib platforma bo'lishini ta'kidladi

Shundan so'ng O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov Xurshidbanu Notavon nomidagi Ozarbayjon o'chog'i haqida so'zlab berdi. S. Abbasov ishg'oldan ozod bo'lgan Qorabog' durdonasi, Shusha shahri haqida gapirar ekan, bu yil Shusha shahri Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e'lon qilinganini, mamlakatimizda taniqli Qorabog' shoirasi Xurshidbanu Notavonning 190 yilligi nishonlanayotganini ta'kidladi. Shuningdek, u TURKSOY qabul qilgan qarorga ko'ra, kelasi yili qadimiy Shushaning Turk dunyosining madaniy poytaxti maqomiga ega bo'lishini ta'kidladi.

Samir Abbasovning ta'kidlashicha, yaratilgan o'choqda kutubxona ishlaydi, uchrashuvlar o'tkaziladi, ikki mamlakat o'rtasida madaniy va adabiy aloqalar bo'yicha ochiq darslar olib boriladi va kelajakda Ozarbayjon tili kurslari onlayn shaklda tashkil etiladi. So'ngra Termiz shahridagi san'at saroyida Ozarbayjon Madaniyati kunlarining Surxondaryo viloyatida rasmiy ochilishi bo'lib o'tdi.

Viloyat hokimligi vakili Obidjon Shofiyev ochilish marosimida so'zga chiqib, Ozarbayjon bilan aloqalar, fan, madaniyat, ta'lim sohasidagi hamkorlikka alohida ahamiyat berayotganini, O'zbekistonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarining muntazam o'tkazilishi xalqlarimizni yanada yaqinlashtirayotganini ta'kidladi.

Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva, Madaniyat vazirligi bo'lim boshlig'i Akif Marifli, Haydar Aliyev nomidagi O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov ikki mamlakat o'rtasidagi tarixiy do'stlik va hamkorlik haqida gapirar ekan, Ozarbayjon madaniyati kunlarini yuqori baholadi. Surxondaryo viloyatining qadimiy Termiz shahrida, Xurshidbonu Notavon nomidagi Ozarbayjon o'chog'ining ochilishi buyuk hodisa ekanligi takidladi So'zga chiqqanlar Turk davlatlari o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash haqida gapirishdi.

Ozarbayjon Madaniyat vazirligining bo'lim boshlig'i Akif Marifli vazirlik bunday loyihalarni qo'llab-quvvatlashini, milliy madaniyatimiz va adabiyotimizni targ'ib qiluvchi Ozarbayjon markazlari nashrlar bilan ta'minlanishini va ularning faoliyati diqqat markazida qolishini aytdi. Ming yillar davomida Qorabog'da Ozarbayjon xalqi tomonidan yaratilgan madaniyat va madaniy meros na’munalari haqida gapirar ekan, u shoira, xon qizi Xurshidbonu Notavonning nomini olgan o'choq Termiz Davlat universiteti uchun Ozarbayjon bilan madaniyat va ta'lim sohasida hamkorlikni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishiga ishonch bildirdi.

So'ngra Ozarbayjon madaniyati kunlari munosabati bilan tayyorlangan madaniy dastur taqdim etildi. Ozarbayjonlik modeler Afag Ismoilzoda tomonidan yaratilgan Ozarbayjon va o'zbek naqshlari tushirilgan milliy liboslar namoyish etildi. Termiz Davlat universiteti talabalari tomonidan namoyish etilgan liboslar "Qorabog' shikastasi "musiqa sadolari ostida taqdim qilindi.

Ozarbayjon Xalq artisti Gulyanag Mammadova, soz ustasi Ilhom Abdullayev, Kaykep Aliyeva nomidagi "Ozarbayjon qizlari" raqs ansamblining chiqishlari, milliy musiqa va raqslarimiz ijrosi katta qiziqish va qarsaklar bilan kutib olindi.

14.04.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint